فَكَذَّبُوهُ فَأَخَذَتْهُمُ ٱلرَّجْفَةُ فَأَصْبَحُوا۟ فِى دَارِهِمْ جَـٰثِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, uni yolg`onchiga chiqardilar. Shunda ularni bir silkinish tutdi va diyorlarida cho`kkalab qoldilar.Бас, уни ёлғончига чиқардилар. Шунда уларни бир силкиниш тутди ва диёрларида чўккалаб қолдилар.Alauddin Mansour: Ular (Shuʼaybni) yolgʻonchi qilishgach, ularni dahshatli zilzila tutib, turgan joylarida (tutdek) toʻkildilar.Улар (Шуъайбни) ёлғончи қилишгач, уларни даҳшатли зилзила тутиб, турган жойларида (тутдек) тўкилдилар.
Madyan ahlining qay tarzda halokatga uchragani haqidagi xabar tafsiloti boshqa suralarda oʻtdi. Avval ularga qattiq va dahshatli ovoz kelib, qalblarini yorib yubordi. Keyin kuchli zilzila boʻlib, ularni tutdek toʻkib qoʻydi. Hammalari turgan joylarida choʻkkalab qolib, halok boʻldilar. Bu halokat ularning qilgan jinoyatlari va iymon yoʻliga yurmaganliklarining jazosi edi.
Bundan keyin Od va Samud qavmlarining ham halok etilgani haqidagi xabar keladi: