وَعَادًا وَثَمُودَا۟ وَقَد تَّبَيَّنَ لَكُم مِّن مَّسَـٰكِنِهِمْ ۖ وَزَيَّنَ لَهُمُ ٱلشَّيْطَـٰنُ أَعْمَـٰلَهُمْ فَصَدَّهُمْ عَنِ ٱلسَّبِيلِ وَكَانُوا۟ مُسْتَبْصِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Od va Samudni (ham halok etdik). Batahqiq, bu sizga ularning maskanlaridan ayon bo`lib turibdi. Shayton ularga amallarini ziynatlab ko`rsatib, ularni yo`ldan to`sdi. Holbuki, ular ko`rib-bilib turguvchi edilar.Ва Од ва Самудни (ҳам ҳалок этдик). Батаҳқиқ, бу сизга уларнинг масканларидан аён бўлиб турибди. Шайтон уларга амалларини зийнатлаб кўрсатиб, уларни йўлдан тўсди. Ҳолбуки, улар кўриб-билиб тургувчи эдилар.Alauddin Mansour: Od va Samud (qabilalarini ham halok qildik). (Bu) sizlarga ularning maskanlaridan (yaʼni, u maskanlardan qolgan xarobalardan) koʻrinib turibdi. Shayton ularga (qilayotgan) amallarini chiroyli koʻrsatib, ularni (haq) yoʻldan toʻsdi. Holbuki, ular aqlu hushli kishilar edi.Од ва Самуд (қабилаларини ҳам ҳалок қилдик). (Бу) сизларга уларнинг масканларидан (яъни, у масканлардан қолган харобалардан) кўриниб турибди. Шайтон уларга (қилаётган) амалларини чиройли кўрсатиб, уларни (ҳақ) йўлдан тўсди. Ҳолбуки, улар ақлу ҳушли кишилар эди.
Maʼlumki, Od qabilasi Arabiston yarim orolining janubida Hazaramavtga yaqin joyda yashagan. Ularni Alloh taolo jinoyatlari va iymon yoʻliga yurmaganlari uchun oʻt-olov shamoli bilan halok etgan.
Samud qavmi esa, Arabiston yarim orolining shimol tarafidagi Vodiy al-Quroga yaqin joylarda yashagan. Alloh taolo ularni qattiq qichqiriq yuborib halok etgan. Ham Od, ham Samud qavmining maskanlari ushbu halokatlardan esdalik boʻlib qolgan. Arablar oʻtgan-ketganlarida oʻsha asarlarni koʻrib turar edilar. Tabiiyki, bundan ibrat olishlari, mazkur qabilalar qilgan xatoni takrorlamasliklari kerak edi. Ammo bunday boʻlmadi. Shuning uchun ham, Qurʼoni Karim ushbu oyatlar ila oʻtgan qavmlarning halokatini yodlariga solib qoʻymoqda. Xoʻsh, Od va Samud qabilalarining halok boʻlishiga sabab nima edi?
«Shayton ularga amallarini ziynatlab koʻrsatib, ularni yoʻldan toʻsdi.»
Demak, ular fikrlari, qilayotgan amallari bilan gʻururga ketganlar. Biz toʻgʻri yoʻldamiz, qilayotgan ishlarimiz haq, undan boshqacha boʻlishi mumkin emas, degan xayolga borganlar. Oʻz fikrlari, tuzgan qonun-qoidalari, qilayotgan ishlariga mahliyo boʻlib, Allohning yoʻlidan yurmasdan, haqni tanishdan bosh tortdilar. Shayton ularga amallarini chiroyli koʻrsatib, Allohning haq yoʻlidan toʻsib qoʻydi.
«Holbuki, ular koʻrib-bilib turguvchi edilar.»
Ularda aql-idrok bor edi. Oʻsha aql-idroklarini ishga solib, Allohning yoʻli haq ekanini anglab yetishlari mumkin edi. Ammo, xayollari va amallari ila gʻururlanish ularni halokat jari tomon yetakladi va halok boʻldilar. Barcha zamonlar Od va Samud qavmlaridan oʻrnak olsinlar. Xayollariga kelgan yoʻlga emas, Allohning haq yoʻliga yursinlar, aks holda, xuddi Od va Samudga oʻxshab, halokatga duchor boʻladilar.
Alloh taoloning yoʻliga yurmay, halokatga uchragan qavmlarning xabaridan keyin takabburlik ila haqdan bosh tortgan shaxslarning baʼzilari haqida soʻz yuritiladi: