فَإِذَا رَكِبُوا۟ فِى ٱلْفُلْكِ دَعَوُا۟ ٱللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ فَلَمَّا نَجَّىٰهُمْ إِلَى ٱلْبَرِّ إِذَا هُمْ يُشْرِكُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular qachon kemaga minsalar, Allohga, Uning diniga ixlos qilgan hollarida duo qilurlar. Najot berib, ularni quruqlikka chiqarsa, banogoh shirk keltirurlar.Улар қачон кемага минсалар, Аллоҳга, Унинг динига ихлос қилган ҳолларида дуо қилурлар. Нажот бериб, уларни қуруқликка чиқарса, баногоҳ ширк келтирурлар.Alauddin Mansour: Qachon ular kemaga minsalar (gʻarq boʻlishdan koʻrqib) Allohga chin ixlos bilan duo-iltijo qilurlar. Endi qachonki (Alloh) ularga najot berib quruqlikka (chiqargach), banogoh ular (Allohga) shirk keltirurlar!Қачон улар кемага минсалар (ғарқ бўлишдан кўрқиб) Аллоҳга чин ихлос билан дуо-илтижо қилурлар. Энди қачонки (Аллоҳ) уларга нажот бериб қуруқликка (чиқаргач), баногоҳ улар (Аллоҳга) ширк келтирурлар!
Ushbu oyatda ham kofir va mushriklarning qarama-qarshi holatlari bayon qilinmoqda.
«Ular qachon kemaga minsalar, Allohga, Uning diniga ixlos qilgan hollarida duo qilurlar.»
Kemaga minganlarida, qoʻrquvda qoladilar. Chunki, dengiz oʻrtasida suzib ketayotgan kema har lahzada halokatga uchrashi mumkin. Shuning uchun ham, kofir va mushriklar kemaga mingan chogʻlarida jonlari koʻzlariga koʻrinib, Allohdan omonlik tilab, duo qila boshlaydilar. Boshqa biror zotdan panoh soʻrash yodlariga ham kelmaydi.
«Najot berib, ularni quruqlikka chiqarsa, banogoh shirk keltirurlar.»
Alloh taolo dengizda uchrashi mumkin boʻlgan halokatdan najot berib, ularni quruqlikka eson-omon chiqarsa, qarabsanki, Allohga yana shirk keltirib turibdilar. Hozirgina dengizda turganlarida Allohga yolborib, Undan yordam soʻraganlari eslaridan chiqib ketgan. Shunday qilib, ular Alloh bergan neʼmatga kufr keltirmoqdalar.