وَمَا هَـٰذِهِ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَآ إِلَّا لَهْوٌ وَلَعِبٌ ۚ وَإِنَّ ٱلدَّارَ ٱلْـَٔاخِرَةَ لَهِىَ ٱلْحَيَوَانُ ۚ لَوْ كَانُوا۟ يَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu dunyo hayoti faqat o`yin-kulgidan iboratdir. Agar bilsalar, oxirat diyori, ana o`sha haqiqiy hayotdir.Бу дунё ҳаёти фақат ўйин-кулгидан иборатдир. Агар билсалар, охират диёри, ана ўша ҳақиқий ҳаётдир.Alauddin Mansour: Bu hayoti dunyo faqat (bir nafaslik) oʻyin-kulgidir. Agar ular bilsalar Oxirat diyorigina (mangu) hayot (diyoridir).Бу ҳаёти дунё фақат (бир нафаслик) ўйин-кулгидир. Агар улар билсалар Охират диёригина (мангу) ҳаёт (диёридир).
Agar odamlar oxiratni unutib, faqat bu dunyo uchun yashaydigan boʻlsalar, hayot bekorchi oʻyin-kulgidan boshqa narsa boʻlmay qoladi. Aslida, bu dunyo oʻtkinchi boʻlsa-da, oxirat uchun tayyorgarlik bosqichini oʻtashi kerak.
«Agar bilsalar, oxirat diyori, ana oʻsha haqiqiy hayotdir.»
Chunki, u oʻtkinchi emas, abadiydir. U hayotga limmo-limdir. Lekin mushrik va kofirlar bu haqiqatni anglamay, oxiratni qoʻyib, hayoti dunyoga oʻzlarini uradilar. Ularning bunday notoʻgʻri yoʻllari dunyo haqidagi notoʻgʻri tasavvurlaridan kelib chiqadi.