وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّن نَّزَّلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَأَحْيَا بِهِ ٱلْأَرْضَ مِنۢ بَعْدِ مَوْتِهَا لَيَقُولُنَّ ٱللَّهُ ۚ قُلِ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ۚ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْقِلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ulardan: «Osmondan suv tushirib, u bilan o`lgan yerni tiriltirgan kim?!» deb so`rasang, albatta, ular: «Alloh», derlar. Sen: «Allohga hamd bo`lsin!» deb ayt. Yo`q! Ularning ko`plari aql yuritmaslar.Агар улардан: «Осмондан сув тушириб, у билан ўлган ерни тирилтирган ким?!» деб сўрасанг, албатта, улар: «Аллоҳ», дерлар. Сен: «Аллоҳга ҳамд бўлсин!» деб айт. Йўқ! Уларнинг кўплари ақл юритмаслар.Alauddin Mansour: Qasamki, agar siz ulardan: «Osmondan suv yomgʻir yogʻdirib yerni «oʻlganidan» soʻng «tiriltirgan» zot kim?», deb soʻrasangiz, albatta ular: «Alloh», deb (javob qilurlar). Siz (ularga): «Eʼtirof etganlaringiz uchun Allohga hamdu sano boʻlsin», deb ayting. Yoʻq, ularning koʻplari aql yurgizmaydilar.Қасамки, агар сиз улардан: «Осмондан сув ёмғир ёғдириб ерни «ўлганидан» сўнг «тирилтирган» зот ким?», деб сўрасангиз, албатта улар: «Аллоҳ», деб (жавоб қилурлар). Сиз (уларга): «Эътироф этганларингиз учун Аллоҳга ҳамду сано бўлсин», деб айтинг. Йўқ, уларнинг кўплари ақл юргизмайдилар.
Mushriklardan «Osmondan suv tushirib, oʻsha suv bilan oʻlib yotgan yerni kim tiriltiradi?» deb soʻralsa, Alloh, deya javob berardilar. Lekin oʻzlari Allohga emas, but-sanamlariga ibodat qilardilar. Alloh taolo ushbu oyatda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga mazkur savolni yana bir bor takrorlashni tavsiya qilmoqda. Shu bilan birga:
«Albatta, ular: «Alloh», derlar», deb ularning javobini ham aytib qoʻymoqda. Soʻngra esa, Paygʻambarimiz alayhissalomga:
«Allohga hamd boʻlsin!» (Alhamdulillah) deb aytishni ham taʼlim bermoqda. Allohning xoliq va roziq ekanini mushriklar oʻz tillari bilan eʼtirof etganlari uchun Allohga hamd aytish taʼkidlanmoqda. Yaʼni, mushriklarga oʻz tillari bilan oʻzlariga qarshi dalil ayttirgan Allohga hamdlar boʻlsin.
«Yoʻq! Ularning koʻplari aql yuritmaslar.»
Aql yuritganlarida, oʻz tillari bilan tan olgan haqiqatga xilof qilmasdilar, but va sanamlarga emas, Allohga sigʻinardilar.