ٱللَّهُ يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦ وَيَقْدِرُ لَهُۥٓ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh O`z bandalaridan kimni xohlasa, rizqini keng qilib qo`yadir va xohlaganinikini tor qiladir. Albatta, Alloh har bir narsani o`ta bilguvchi Zotdir.Аллоҳ Ўз бандаларидан кимни хоҳласа, ризқини кенг қилиб қўядир ва хоҳлаганиникини тор қиладир. Албатта, Аллоҳ ҳар бир нарсани ўта билгувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Alloh bandalaridan Oʻzi xohlagan kishilarning rizqini keng qilur va (Oʻzi xohlagan kishilarning rizqini) tang qilur. Albatta Alloh barcha narsani bilguvchidir.Аллоҳ бандаларидан Ўзи хоҳлаган кишиларнинг ризқини кенг қилур ва (Ўзи хоҳлаган кишиларнинг ризқини) танг қилур. Албатта Аллоҳ барча нарсани билгувчидир.
Dunyoda hammaga rizq beruvchi yagona roziq Alloh taoloning Oʻzidir. Alloh Oʻzi xohlaganiga keng rizq beradi va xohlaganiga tor rizq beradi. Uning ishiga boshqa hech kim aralasha olmaydi.
«Albatta, Alloh har bir narsani oʻta bilguvchi zotdir.»
Kimning rizqini keng qilishni, kimning rizqini tor qilishni juda yaxshi biladi.