QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ankabut surasi · Oyatсураси · Оят61

وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّنْ خَلَقَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَسَخَّرَ ٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ لَيَقُولُنَّ ٱللَّهُ ۖ فَأَنَّىٰ يُؤْفَكُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ulardan: «Osmonlaru yerni kim yaratgan va quyoshniyu oyni o`z izmiga qaratgan kim?» deb so`rasang: «Alloh», derlar. Bas, unda qayoqqa burilmoqdalar?!Агар улардан: «Осмонлару ерни ким яратган ва қуёшнию ойни ўз измига қаратган ким?» деб сўрасанг: «Аллоҳ», дерлар. Бас, унда қаёққа бурилмоқдалар?!Alauddin Mansour: Qasamki, agar siz ulardan: «Osmonlar va Yerni yaratgan, quyosh va oyni (Oʻz izmiga) qaratgan zot kim?», deb soʻrasangiz, albatta ular: «Alloh», deb (javob qilurlar). Bas, (shundoq ekan, oʻsha Allohga ibodat qilishning oʻrniga) qayoqqa burilib ketmoqdalar-a?!Қасамки, агар сиз улардан: «Осмонлар ва Ерни яратган, қуёш ва ойни (Ўз измига) қаратган зот ким?», деб сўрасангиз, албатта улар: «Аллоҳ», деб (жавоб қилурлар). Бас, (шундоқ экан, ўша Аллоҳга ибодат қилишнинг ўрнига) қаёққа бурилиб кетмоқдалар-а?!

403-sahifa · 21-juz · 41-hizb403-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَئِنva agarва агарسَأَلْتَهُمulardan soʻrasangулардан сўрасангمَّنْkimкимخَلَقَyaratganяратганٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarniосмонларниوَٱلْأَرْضَva yerniва ерниوَسَخَّرَva oʻz izmiga qaratganва ўз измига қаратганٱلشَّمْسَquyoshniқуёшниوَٱلْقَمَرَva oyniва ойниلَيَقُولُنَّalbatta derlarалбатта дерларٱللَّهُ ۖAllohАллоҳفَأَنَّىٰbas, unda qayoqqaбас, унда қаёққаيُؤْفَكُونَburilmoqdalarбурилмоқдалар
TafsirТафсир

Mushriklardan «Osmonlaru yerni kim yaratgan?» deb soʻralganida, Alloh yaratgan, deb javob berar edilar. Shuningdek, quyosh va oyni oʻz izmiga solib qoʻygan kim, deb soʻralganida ham, Alloh, deb javob berardilar. Ammo, ayni choqda, Allohga emas, but va sanamlariga ibodat qilishardi. Bu ishlari oʻta mantiqsizlik edi. Osmonlaru yerni yaratgan ham, quyosh va oyni Oʻz izmiga qaratgan ham Alloh ekanini bilib tursa-yu, oʻsha zotga ibodat qilmay, boshqa tomonga burilib ketsa. Shuning uchun ham, oyati karimaning oxirida ajablanish ila:

«Bas, unda qayoqqa burilmoqdalar?!» deb soʻralmoqda.

Darhaqiqat, ular Allohni qoʻyib, qayoqqa buriladilar?