QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ankabut surasi · Oyatсураси · Оят60

وَكَأَيِّن مِّن دَآبَّةٍ لَّا تَحْمِلُ رِزْقَهَا ٱللَّهُ يَرْزُقُهَا وَإِيَّاكُمْ ۚ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`z rizqini ko`tara olmaydigan qanchadan-qancha jonzotlar bor. Ularga ham, sizlarga ham Alloh rizq beradir. Va U o`ta eshitguvchi va o`ta bilguvchi Zotdir.Ўз ризқини кўтара олмайдиган қанчадан-қанча жонзотлар бор. Уларга ҳам, сизларга ҳам Аллоҳ ризқ берадир. Ва У ўта эшитгувчи ва ўта билгувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Oʻz rizqu roʻzini koʻtara (yaʼni, topa) olmaydigan qanchadan-qancha jonzotlar bordir. Alloh ularga ham, sizlarga ham rizqu roʻz berur. U eshitguvchi, bilguvchidir.Ўз ризқу рўзини кўтара (яъни, топа) олмайдиган қанчадан-қанча жонзотлар бордир. Аллоҳ уларга ҳам, сизларга ҳам ризқу рўз берур. У эшитгувчи, билгувчидир.

403-sahifa · 21-juz · 41-hizb403-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَكَأَيِّنva qanchadan-qanchaва қанчадан-қанчаمِّن-dan-данدَآبَّةٍۢjonzotlarжонзотларلَّاemasэмасتَحْمِلُkoʻtara olurкўтара олурرِزْقَهَاoʻz rizqiniўз ризқиниٱللَّهُAllohАллоҳيَرْزُقُهَاunga rizq beradirунга ризқ берадирوَإِيَّاكُمْ ۚva sizlarga hamва сизларга ҳамوَهُوَva Uва Уٱلسَّمِيعُoʻta eshitguvchiўта эшитгувчиٱلْعَلِيمُoʻta bilguvchidirўта билгувчидир
TafsirТафсир

Darhaqiqat, oʻylab koʻradigan boʻlsak, koʻpgina jonzotlar rizqga muhtoj boʻlganida, uni tanovul qilishdan boshqa narsani bilmaydi. Rizq topish uchun harakat ham qilmaydi. Rizqni oʻzi bilan koʻtarib ham yurmaydi. Oʻziga rizq jamgʻarmaydi ham. Faqat rizq kerak boʻlganida, uni tanovul qiladi, xolos. Ammo, rizq topilmasdan, birortasi ochqab oʻlib ham qolmaydi. Rizqini terib yeb yuraveradi. Faqat insongina rizq toʻplashni odat qilgan. Ilohiy taʼlimotlardan uzoq boʻlgan baʼzi bir odamlar hayotni rizq-roʻz uchun kurashishdan iborat, deb oʻylaydilar. Ular, oʻzlaricha, rizqni oʻzimiz topmoqdamiz, deb gumon qiladilar. Aslida esa:

«Ularga ham, sizlarga ham Alloh rizq beradir».

Yaʼni, rizqini koʻtara olmaydigan oʻsha jonzotlarga ham, insonlarga ham rizqni Alloh taolo beradi. Shuning uchun, rizqi roʻzni bahona qilib, iymon yoʻlidagi kurashdan chekinish, hijratdan qolish mumkin emas. Rizqi roʻzning xotirini qilmasdan, qoʻrqmasdan hijratga ketaverish kerak. Rizq beruvchi Allohning Oʻzi. Oʻzini deb hijrat qilgan bandalarini rizqsiz tashlab qoʻymaydi.

«Va U oʻta eshitguvchi va oʻta bilguvchi zotdir.»

Alloh ularning nima deyayotganlarini yaxshi eshitib, bilib turadi.

Endi keladigan oyatlarda mushriklarning tasavvurlaridagi qarama-qarshiliklar bayon qilinadi.