QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ankabut surasi · Oyatсураси · Оят59

ٱلَّذِينَ صَبَرُوا۟ وَعَلَىٰ رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular sabr qilgan va Robbilarigagina tavakkul qiladigan zotlardir.Улар сабр қилган ва Роббиларигагина таваккул қиладиган зотлардир.Alauddin Mansour: Ular (kofirlar tomonidan boʻladigan zulmu kulfatlarga) sabr-toqat qilgan va yolgʻiz Parvardigorlarigagina tavakkul qiladigan — suyanadigan zotlardir.Улар (кофирлар томонидан бўладиган зулму кулфатларга) сабр-тоқат қилган ва ёлғиз Парвардигорларигагина таваккул қиладиган — суянадиган зотлардир.

403-sahifa · 21-juz · 41-hizb403-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلَّذِينَularуларصَبَرُوا۟sabr qilganсабр қилганوَعَلَىٰva -gaginaва -гагинаرَبِّهِمْRobbilariРоббилариيَتَوَكَّلُونَtavakkul qilurlarтаваккул қилурлар
TafsirТафсир

Demak, haqiqiy iymon keltirgan, yaʼni, ogʻzida iymon kalimasini aytish bilangina kifoyalanib qolmay, yaxshi amallarni ham qilgan bandalarga Alloh taolo jannatdan oliymaqom joylarni ato etar ekan. Oʻsha joylar oliymaqom boʻlishi bilan birga, ostidan anhorlar oqib turar ekan. Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlar u yerda vaqtinchalik emas, abadiy rohatda qolar ekanlar.

Ular bu ulugʻ neʼmatga iymon va dinu diyonat yoʻlidagi mashaqqatlarga, azob-uqubatlarga va sinovlarga bardosh berganlari uchun, hamma ishda faqat Alloh taoloning Oʻzigagina tavakkal qilganlari–suyanganlari uchun erishadilar. Yaxshi amallar sohiblarini ana shunday yaxshi ajrlarga erishtiradi. Yaxshi amallarni qiluvchilarning ajri qanday ham yaxshi!

Albatta, Allohning yoʻlida hijrat qilishda jonga boʻladigan xavfu xatardan, vatan, ahli ayol, aqrabolar firogʻidan boshqa mushkulotlar ham bor. Misol uchun, rizqi roʻz masalasi. Hijratga tayyorgarlik koʻrayotgan kishi xayolidan bu masala ham oʻtishi mumkin. Alloh taolo kelgusi oyatda rizqi roʻz masalasini ham bayon qiladi: