QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ankabut surasi · Oyatсураси · Оят58

وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ لَنُبَوِّئَنَّهُم مِّنَ ٱلْجَنَّةِ غُرَفًا تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ خَـٰلِدِينَ فِيهَا ۚ نِعْمَ أَجْرُ ٱلْعَـٰمِلِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni jannatdan ostidan anhorlar oqib turgan oliymaqom joylarga joylashtirurmiz. U yerda abadiy qolurlar. Amal qilguvchilarning ajri qanday ham yaxshi!Иймон келтириб, яхши амалларни қилганларни жаннатдан остидан анҳорлар оқиб турган олиймақом жойларга жойлаштирурмиз. У ерда абадий қолурлар. Амал қилгувчиларнинг ажри қандай ҳам яхши!Alauddin Mansour: Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni albatta jannatda ostidan daryolar oqib turadigan joylarga joylashtirurmiz. Ular oʻsha joylarda mangu qolurlar. (Yaxshi) amallarni qilguvchi zotlarning ajri-mukofoti naqadar yaxshidir!Иймон келтирган ва яхши амаллар қилган зотларни албатта жаннатда остидан дарёлар оқиб турадиган жойларга жойлаштирурмиз. Улар ўша жойларда мангу қолурлар. (Яхши) амалларни қилгувчи зотларнинг ажри-мукофоти нақадар яхшидир!

403-sahifa · 21-juz · 41-hizb403-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلَّذِينَva kimsalarва кимсаларءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганوَعَمِلُوا۟va qilganва қилганٱلصَّـٰلِحَـٰتِyaxshi amallarniяхши амалларниلَنُبَوِّئَنَّهُمalbatta ularni joylashtirurmizалбатта уларни жойлаштирурмизمِّنَ-dan-данٱلْجَنَّةِjannatжаннатغُرَفًۭاolimaqom joylargaолимақом жойларгаتَجْرِىoqib turganоқиб турганمِن-dan-данتَحْتِهَاostidanостиданٱلْأَنْهَـٰرُanhorlarанҳорларخَـٰلِدِينَabadiy qoluvchi holdaабадий қолувчи ҳолдаفِيهَا ۚu yerdaу ердаنِعْمَqanday ham yaxshiқандай ҳам яхшиأَجْرُajriажриٱلْعَـٰمِلِينَamal qilguvchilarningамал қилгувчиларнинг
TafsirТафсир

Demak, haqiqiy iymon keltirgan, yaʼni, ogʻzida iymon kalimasini aytish bilangina kifoyalanib qolmay, yaxshi amallarni ham qilgan bandalarga Alloh taolo jannatdan oliymaqom joylarni ato etar ekan. Oʻsha joylar oliymaqom boʻlishi bilan birga, ostidan anhorlar oqib turar ekan. Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlar u yerda vaqtinchalik emas, abadiy rohatda qolar ekanlar.

Ular bu ulugʻ neʼmatga iymon va dinu diyonat yoʻlidagi mashaqqatlarga, azob-uqubatlarga va sinovlarga bardosh berganlari uchun, hamma ishda faqat Alloh taoloning Oʻzigagina tavakkal qilganlari–suyanganlari uchun erishadilar. Yaxshi amallar sohiblarini ana shunday yaxshi ajrlarga erishtiradi. Yaxshi amallarni qiluvchilarning ajri qanday ham yaxshi!

Albatta, Allohning yoʻlida hijrat qilishda jonga boʻladigan xavfu xatardan, vatan, ahli ayol, aqrabolar firogʻidan boshqa mushkulotlar ham bor. Misol uchun, rizqi roʻz masalasi. Hijratga tayyorgarlik koʻrayotgan kishi xayolidan bu masala ham oʻtishi mumkin. Alloh taolo kelgusi oyatda rizqi roʻz masalasini ham bayon qiladi: