QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят104

وَلْتَكُن مِّنكُمْ أُمَّةٌ يَدْعُونَ إِلَى ٱلْخَيْرِ وَيَأْمُرُونَ بِٱلْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ ٱلْمُنكَرِ ۚ وَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizlardan yaxshilikka chaqiradigan, amru ma'ruf, nahyu munkar qiladigan bir ummat bo`lsin. Ana o`shalar, o`zlari najot topguvchilardir.Сизлардан яхшиликка чақирадиган, амру маъруф, наҳйу мункар қиладиган бир уммат бўлсин. Ана ўшалар, ўзлари нажот топгувчилардир.Alauddin Mansour: Oralaringizdan yaxshilikka (Islomga) daʼvat qiladigan, ibodat-itoatga buyuradigan va isyon-gunohdan qaytaradigan bir jamoat boʻlsin. Ana oʻshalar najot topguvchilardir.Ораларингиздан яхшиликка (Исломга) даъват қиладиган, ибодат-итоатга буюрадиган ва исён-гуноҳдан қайтарадиган бир жамоат бўлсин. Ана ўшалар нажот топгувчилардир.

63-sahifa · 4-juz · 7-hizb63-саҳифа · 4-жуз · 7-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلْتَكُنva boʻlsinва бўлсинمِّنكُمْsizlardanсизларданأُمَّةٌۭbir ummatбир умматيَدْعُونَchaqiradiganчақирадиганإِلَى-ga-гаٱلْخَيْرِyaxshilikяхшиликوَيَأْمُرُونَva buyuradiganва буюрадиганبِٱلْمَعْرُوفِmaʼrufga (yaxshilikka)маъруфга (яхшиликка)وَيَنْهَوْنَva qaytaradiganва қайтарадиганعَنِ-dan-данٱلْمُنكَرِ ۚmunkar (yomonlik)мункар (ёмонлик)وَأُو۟لَـٰٓئِكَva ana oʻshalarва ана ўшаларهُمُularуларٱلْمُفْلِحُونَnajot topguvchilardirнажот топгувчилардир
TafsirТафсир

Yaʼni, Allohga haqiqiy iymon keltirgan va uning yoʻlida haqiqiy birodar boʻlgan jamoa yaxshilikka chaqiradigan, amri maʼruf, nahyi munkar qiladigan ummatga aylansin. Yaxshilikka chaqirib turuvchi jamoa boʻlmasa, dunyoda ezgulik qolmaydi. Maʼrufga, yaʼni, fazilat, haqiqat, yaxshilik va adolatga buyurib, munkardan, yaʼni razolat, botillik, zulm va yomonlikdan qaytarib turadigan jamoa boʻlmasa, hech bir qavm, hech bir ummat najot topa olmaydi.

Amri maʼruf, nahyi munkar ishlari yaxshi yoʻlga qoʻyilgan jamiyatdagina yaxshilik yomonlik qilishdan oson boʻladi. Fazilatga erishish razolatga ketishdan koʻra yengil boʻladi. Haqiqat botildan ustun boʻladi. Adolat zulmdan ustun turadi. Allohning ulugʻ neʼmati Islomga muyassar boʻlgan bandalar jamoasiga–musulmon ummatiga Alloh taolo amri maʼruf, nahyi munkarni farz qildi. Agar bu ummat boshqa farzlar qatori ushbu farzni ham oʻz oʻrnida ado qilsa, baxt-saodatga erishadi. Aks holda, falokatga uchraydi. Bu haqiqatni ushbu oyatning xotimasidan ham bilib olsa boʻladi:

«Ana oʻshalar, oʻzlari najot topguvchilardir».

Yaʼni, yaxshilikka chaqirib amri maʼruf, nahyi munkar qilgan ummatlar najot topguvchilardir. Boshqalar emas.

Bu haqiqatni Allohning Rasuli Muhammad alayhissalom ham oʻz hadislarida bayon qilib qoʻyganlar.

Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh alayhissolatu vassalom:

«Sizdan kim munkarni (yomon ishni) koʻrsa, qoʻli bilan oʻzgartirsin, agar qudrati yetmasa, tili bilan oʻzgartirsin, agar bunga ham qudrati yetmasa, dili bilan qaytarsin. Ammo bunisi iymonning zaifidir»,–dedilar.

Imom Muslim Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz:

«Mendan oldingi ummatlarga yuborilgan Paygʻambarlarning har birining amrini tutadigan, ishiga ergashadigan sahobalari va yaqinlari bor edi. Ulardan keyin qilmaganini gapiradigan va amr boʻlmaganini qiladiganlar keldilar. Bas, kim oʻshalarga qarshi qoʻli bilan jihod qilsa, oʻsha moʻmindir. Kim oʻshalarga qarshi tili bilan jihod qilsa, oʻsha moʻmindir. Kim oʻshalarga qarshi dili bilan jihod qilsa, oʻsha moʻmindir. Bundan soʻng sedananing urugʻicha ham iymon qolmaydi»,–dedilar.

Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda Paygʻambar alayhissalom:

«Mening nafsim qoʻlida boʻlgan Zot bilan qasamki, albatta amri maʼruf qilasizlar, albatta nahyi munkar qilasizlar. Boʻlmasa, Alloh sizga Oʻz huzuridan iqob yuboradi. Soʻngra, duo qilsangiz, qabul boʻlmaydi»,–dedilar.

Kelasi oyatda musulmonlarga xitob qilib, ularni boʻlinmaslikka, ixtilofga tushmaslikka, oʻzlaridan avvalgi oʻtgan ahli kitoblarga oʻxshamaslikka yana bir bor chaqiriladi: