يَوْمَ تَبْيَضُّ وُجُوهٌ وَتَسْوَدُّ وُجُوهٌ ۚ فَأَمَّا ٱلَّذِينَ ٱسْوَدَّتْ وُجُوهُهُمْ أَكَفَرْتُم بَعْدَ إِيمَـٰنِكُمْ فَذُوقُوا۟ ٱلْعَذَابَ بِمَا كُنتُمْ تَكْفُرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yuzlar oq va yuzlar qora bo`ladigan kunda yuzlari qora bo`lganlarga: «Iymoningizdan keyin kofir bo`ldingizmi?! Kufr keltirgan bo`lganingiz uchun azobni tatib ko`ring», deyilur.Юзлар оқ ва юзлар қора бўладиган кунда юзлари қора бўлганларга: «Иймонингиздан кейин кофир бўлдингизми?! Куфр келтирган бўлганингиз учун азобни татиб кўринг», дейилур.Alauddin Mansour: (Qiyomat) Kunida (moʻminlarning) yuzlari oq boʻlur, (kofirlarning) yuzlari qora boʻlur. Endi yuzlari qora boʻlgan kimsalarga: «Iymon keltirgandan keyin yana dindan chiqdingizmi? Bas, kofir boʻlganingiz kasofatiga mana bu azobni totib koʻringiz», deyilur.(Қиёмат) Кунида (мўминларнинг) юзлари оқ бўлур, (кофирларнинг) юзлари қора бўлур. Энди юзлари қора бўлган кимсаларга: «Иймон келтиргандан кейин яна диндан чиқдингизми? Бас, кофир бўлганингиз касофатига мана бу азобни тотиб кўрингиз», дейилур.
Ushbu oyati karima qiyomat kunini ajoyib tarzda vasf qilmoqda. Qisqa va loʻnda. Ortiqcha boʻyoq ham, behuda soʻz ham yoʻq. Qiyomatga kimlar oq-yorugʻ yuz bilan, kimlar esa, qora yuz bilan keladi. Qora yuz bilan kelganlar oʻshanda itob nidosini eshitadilar. Ularga:
«Iymoningizdan keyin kofir boʻldingizmi?! Kufr keltirgan boʻlganingiz uchun azobni tatib koʻring!» deyiladi».
Bu esa, azob ustiga azob, yuzlaridagi qoralik ustiga battar qoralikdir.