وَلِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۚ وَإِلَى ٱللَّهِ تُرْجَعُ ٱلْأُمُورُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Ishlar Allohga qaytarilajak.Осмонлару ердаги нарсалар Аллоҳникидир. Ишлар Аллоҳга қайтарилажак.Alauddin Mansour: Osmonlardagi bor narsalar va Yerdagi bor narsalar Allohnikidir. Va barcha ishlar yolgʻiz Allohga qaytarilajak.Осмонлардаги бор нарсалар ва Ердаги бор нарсалар Аллоҳникидир. Ва барча ишлар ёлғиз Аллоҳга қайтарилажак.
Modomiki, osmonlaru yerdagi jamiki narsalar Allohniki ekan, ularni qanday xohlasa, shunday tasarruf qiladi. Buning ustiga, barcha ishlar Allohning Oʻziga qaytariladi. Demak, bu dunyo va oxiratning yagona hokimi Allohning Oʻzidir.
Keyingi oyatlar musulmon ummatiga murojaat etib, oʻzining qanday ummat ekanligini bilishga chaqiradi. Ahli kitobni ham ularga tanishtiradi. Oqibatlari nima boʻlishini bayon qiladi: