QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят116

إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَن تُغْنِىَ عَنْهُمْ أَمْوَٰلُهُمْ وَلَآ أَوْلَـٰدُهُم مِّنَ ٱللَّهِ شَيْـًٔا ۖ وَأُو۟لَـٰٓئِكَ أَصْحَـٰبُ ٱلنَّارِ ۚ هُمْ فِيهَا خَـٰلِدُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, kufr keltirganlardan mollari ham, bolalari ham hargiz Alloh azobidan hech narsani qaytara olmas. Ana o`shalar do`zax egalaridir. Ular unda abadiydirlar.Албатта, куфр келтирганлардан моллари ҳам, болалари ҳам ҳаргиз Аллоҳ азобидан ҳеч нарсани қайтара олмас. Ана ўшалар дўзах эгаларидир. Улар унда абадийдирлар.Alauddin Mansour: Kufr yoʻlini tutgan kimsalarni na mollari va na bolalari Alloh tomonidan boʻladigan narsa- (azobdan) qutqara olmaydi. Ana oʻshalar jahannam egalari boʻlib, oʻsha joyda abadiy qolajaklar.Куфр йўлини тутган кимсаларни на моллари ва на болалари Аллоҳ томонидан бўладиган нарса- (азобдан) қутқара олмайди. Ана ўшалар жаҳаннам эгалари бўлиб, ўша жойда абадий қолажаклар.

65-sahifa · 4-juz · 7-hizb65-саҳифа · 4-жуз · 7-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَoʻshalarўшаларكَفَرُوا۟kufr keltirganlarкуфр келтирганларلَنhargiz emasҳаргиз эмасتُغْنِىَqaytara olmasқайтара олмасعَنْهُمْulardanуларданأَمْوَٰلُهُمْmollariмоллариوَلَآva emasва эмасأَوْلَـٰدُهُمbolalariболалариمِّنَ-dan-данٱللَّهِAlloh (azobi)Аллоҳ (азоби)شَيْـًۭٔا ۖhech narsaniҳеч нарсаниوَأُو۟لَـٰٓئِكَva ana oʻshalarва ана ўшаларأَصْحَـٰبُegalaridirэгаларидирٱلنَّارِ ۚdoʻzaxдўзахهُمْularуларفِيهَاundaундаخَـٰلِدُونَabadiydirlarабадийдирлар
TafsirТафсир

Odatda, kufr keltirganlar bu dunyodagi moddiy imkoniyatlari tufayli faxrlanib yurishadi. Kofirliklarining bosh sabablaridan biri ham–shu. Bu dunyoda nima ishlari boʻlsa, molu dunyoni yoki odamlarini ishga solib bajaradilar. Boshlariga baʼzi mushkul ishlar tushib qolsa ham, mollarini va odamlarini ishga solib qutulib ketadilar. Avvalgi oyatda Allohning azobi kelganda kofirlarni mollari ham, bolalari ham qutqara olmasligi taʼkidlanmoqda:

«Albatta, kufr keltirganlardan mollari ham, bolalari ham hargiz Alloh azobidan hech narsani qaytara olmas».

Ular barcha mollarini va bolalarini fido qilsalar ham, Allohning azobidan qutula olmaydilar.

«Ana oʻshalar doʻzax egalaridir. Ular unda abadiydirlar.»

Ular albatta doʻzaxga tushadilar va unda abadul abad qoladilar.

Ikkinchi oyatda kofirlarning molu dunyolari, agar yaxshilikka sarflasalar ham, behuda ekanligi ajoyib uslub bilan ochiqlanmoqda:

«Ularning bu dunyo hayotida qiladigan nafaqalari misoli oʻziga zulm qilgan bir qavmning ekinini urib halok qilgan sovuq shamolga oʻxshaydir».

Yaxshi ekinzor bor. Koʻrgan odam xursand boʻladi. Ammo, ekinzorning egasi zulm qildi, gunohkor boʻldi. Shu sababdan, sovuq shamol kelib, ekinlarini sovuq urib ketdi. Ekinzor halok boʻldi. Hech narsa qolmadi.

Kofirlarning bu dunyoda qilgan xayr-ehsonlari ham xuddi shunga oʻxshaydi. Sirtdan koʻrgan odamga savobli ish. Yaxshilikka pul-mol sarflayapti. Ammo egasining iymoni yoʻq. Bu esa, katta gunoh. Iymon boʻlmasa, hech qanday xayr-ehson qabul boʻlmaydi. Unga savob berilmaydi. Sovuq shamol ekinzorni halok qilganidek, ularning kofirligi ham ehsonlarini befoyda qiladi.

«Alloh ularga zulm qilmadi. Lekin ular oʻzlariga zulm qildilar.»

Alloh ularning ekinzorlarini halok etib, ehsonlarini befoydaga chiqarib, ularga zulm qilgani yoʻq. Balki ularning oʻzlari gunoh qilib, kofir boʻlib, oʻzlariga zulm qildilar. Oʻzlari shuni ixtiyor etdilar.

Yuqoridagi oyatlarda dushmanlarning makr-hiylalari, musulmonlarga yomonlik qilish uchun doim tayyor turganlari bayon etilgan boʻlsa, kelasi oyatlarda musulmonlarga xitob qilinib, oʻzlaridan boshqa qavmlardan sirdosh tutmaslikka buyuriladi.