يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَتَّخِذُوا۟ بِطَانَةً مِّن دُونِكُمْ لَا يَأْلُونَكُمْ خَبَالًا وَدُّوا۟ مَا عَنِتُّمْ قَدْ بَدَتِ ٱلْبَغْضَآءُ مِنْ أَفْوَٰهِهِمْ وَمَا تُخْفِى صُدُورُهُمْ أَكْبَرُ ۚ قَدْ بَيَّنَّا لَكُمُ ٱلْـَٔايَـٰتِ ۖ إِن كُنتُمْ تَعْقِلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! O`zingizdan boshqadan sirdosh tutmang. Ular sizga yomonlik qilishini qo`ymas. Mashaqqatda qolishingizni xohlar. Dushmanliklari og`izlaridagi(so`zlari)dan bilinib turibdi. Dillarida maxfiy turgani yana ham kattaroq. Agar aql yuritadigan bo`lsangiz, Biz sizlarga belgilarini bayon qildik.Эй, иймон келтирганлар! Ўзингиздан бошқадан сирдош тутманг. Улар сизга ёмонлик қилишини қўймас. Машаққатда қолишингизни хоҳлар. Душманликлари оғизларидаги(сўзлари)дан билиниб турибди. Дилларида махфий тургани яна ҳам каттароқ. Агар ақл юритадиган бўлсангиз, Биз сизларга белгиларини баён қилдик.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, oʻzlaringni qoʻyib, (u munofiqlarni) sirdosh doʻst tutmanglar! Ular sizlarga zarar yetkazishda kuchlarini ayamaydilar va yomon holga tushishingizni orzu qiladilar. Ularning sizlarni yomon koʻrishlari ogʻizlaridan oshkor boʻldi. Dillaridagi adovatlari esa yanada kattaroqdir. Agar aql yurgizsangizlar sizlar uchun oyat-alomatlarni aniq-ravshan qilib berdik.Эй мўминлар, ўзларингни қўйиб, (у мунофиқларни) сирдош дўст тутманглар! Улар сизларга зарар етказишда кучларини аямайдилар ва ёмон ҳолга тушишингизни орзу қиладилар. Уларнинг сизларни ёмон кўришлари оғизларидан ошкор бўлди. Дилларидаги адоватлари эса янада каттароқдир. Агар ақл юргизсангизлар сизлар учун оят-аломатларни аниқ-равшан қилиб бердик.
Musulmonlar oʻzlari bilan birga yashayotgan ahli kitoblarga ortiqcha ishonib ketishi hollari bor. Bu baʼzida shu darajaga yetadiki, ular oʻzlaridan boʻlgan musulmonlarni qoʻyib, oʻsha gʻayridinlarni sirdosh tutadilar. Islom jamoasining sirlarini ularga aytadilar yoki bilishlariga yoʻl ochib beradilar. Bugungi kunning istilohi bilan aytganda, kotib qilib, maslahatchi qilib yoki arxiv boshqaruvchisi qilib olishadi. Bu toʻgʻri emas. Alloh taoloning amri:
«Ey, iymon keltirganlar! Oʻzingizdan boshqadan sirdosh tutmang».
Alloh subhonahu va taolo ushbu oyatda musulmonlarga musulmonmaslarni sirdosh tutmaslikka amr qilmoqda. Chunki:
«Ular sizga yomonlik qilishini qoʻymas».
Musulmonlarga yomonlik qilish tuygʻusi ularning qoniga singib ketgan. Musulmonlar kuch-quvvatga, imkoniyatga, mansabga erishganda, ularga yaqinlashib, xizmatini qilib, ishonchini qozonishga uringan kofir va munofiqlar sirdosh boʻlib olib, yomonlik yetkaza boshlashadi.
«Mashaqqatda qolishingizni xohlar.»
Yaʼni, kofir va munofiqlar musulmonlarning doimo ogʻir mashaqqatda qolishlarini istaydilar. Ular musulmonlarga dinda ham, dunyoda ham zarar yetkazishga tinmay urinadilar.
«Dushmanliklari ogʻizlaridagi(soʻzlari)dan bilinib turibdi.»
Yaʼni, ular oʻzlarini doʻst qilib koʻrsatishga harakat qilsalar ham, ogʻizlaridan musulmonlarga nisbatan dushmanlik, yomon koʻrishlikka dalolat boʻluvchi soʻzlar chiqib turadi.
«Dillarida maxfiy turgani yana ham kattaroq.»
Ularning tillariga chiqmay, dillarida maxfiy turgan dushmanliklari yana ham kattaroqdir. Buni:
«Agar aql yuritadagan boʻlsangiz, biz sizlarga belgilarini bayon qildik»–shundan bilib olaverasiz.