QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят119

هَـٰٓأَنتُمْ أُو۟لَآءِ تُحِبُّونَهُمْ وَلَا يُحِبُّونَكُمْ وَتُؤْمِنُونَ بِٱلْكِتَـٰبِ كُلِّهِۦ وَإِذَا لَقُوكُمْ قَالُوٓا۟ ءَامَنَّا وَإِذَا خَلَوْا۟ عَضُّوا۟ عَلَيْكُمُ ٱلْأَنَامِلَ مِنَ ٱلْغَيْظِ ۚ قُلْ مُوتُوا۟ بِغَيْظِكُمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Hoy, sizlar! Ularni yaxshi ko`rasizlar-u, ular sizni yaxshi ko`rmaslar. Sizlar kitobning hammasiga iymon keltirasizlar-u, ular sizlarni ko`rganda, iymon keltirdik, derlar, ammo xoli qolganlarida, sizlarga bo`lgan qattiq achchiqlaridan barmoq tishlarlar. «Achchiqlaring bilan o`lib ketinglar», deb ayt. Albatta, Alloh dillarni egallagan narsalarni biluvchidir.Ҳой, сизлар! Уларни яхши кўрасизлар-у, улар сизни яхши кўрмаслар. Сизлар китобнинг ҳаммасига иймон келтирасизлар-у, улар сизларни кўрганда, иймон келтирдик, дерлар, аммо холи қолганларида, сизларга бўлган қаттиқ аччиқларидан бармоқ тишларлар. «Аччиқларинг билан ўлиб кетинглар», деб айт. Албатта, Аллоҳ дилларни эгаллаган нарсаларни билувчидир.Alauddin Mansour: Hoy (moʻminlar), sizlar ularni yaxshi koʻrasizlar-u, ular sizlarni suymaydilar. Sizlar hamma kitoblarga iymon keltirasizlar-u, (ular sizlarning kitobingizga iymon keltirmaydilar). Sizlarga yoʻliqqanlarida: «iymon keltirdik», deyishadi. Oʻzlari xoli qolishganda esa sizlarni qattiq yomon koʻrganlari sababli barmoqlarini tishlaydilar. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, ularga): «Shu adovatlaring bilan oʻlib ketinglar!», deb ayting! Albatta, Alloh dillarni egallagan sirlarni bilguvchidir.Ҳой (мўминлар), сизлар уларни яхши кўрасизлар-у, улар сизларни суймайдилар. Сизлар ҳамма китобларга иймон келтирасизлар-у, (улар сизларнинг китобингизга иймон келтирмайдилар). Сизларга йўлиққанларида: «иймон келтирдик», дейишади. Ўзлари холи қолишганда эса сизларни қаттиқ ёмон кўрганлари сабабли бармоқларини тишлайдилар. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, уларга): «Шу адоватларинг билан ўлиб кетинглар!», деб айтинг! Албатта, Аллоҳ дилларни эгаллаган сирларни билгувчидир.

65-sahifa · 4-juz · 7-hizb65-саҳифа · 4-жуз · 7-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
هَـٰٓأَنتُمْhoy sizlarҳой сизларأُو۟لَآءِana oʻshalarана ўшаларتُحِبُّونَهُمْularni yaxshi koʻrasizlarуларни яхши кўрасизларوَلَاva emasва эмасيُحِبُّونَكُمْsizlarni yaxshi koʻrmaydilarсизларни яхши кўрмайдиларوَتُؤْمِنُونَva iymon keltirasizlarва иймон келтирасизларبِٱلْكِتَـٰبِkitobgaкитобгаكُلِّهِۦhammasigaҳаммасигаوَإِذَاva qachonkiва қачонкиلَقُوكُمْsizlarni koʻrgandaсизларни кўргандаقَالُوٓا۟derlarдерларءَامَنَّاiymon keltirdikиймон келтирдикوَإِذَاva qachonkiва қачонкиخَلَوْا۟holi qolganlaridaҳоли қолганларидаعَضُّوا۟tishlarlarтишларларعَلَيْكُمُsizlargaсизларгаٱلْأَنَامِلَbarmoq uchlariniбармоқ учлариниمِنَ-dan-данٱلْغَيْظِ ۚqattiq achchiqlariқаттиқ аччиқлариقُلْaytайтمُوتُوا۟oʻlib ketinglarўлиб кетингларبِغَيْظِكُمْ ۗachchiqlaring bilanаччиқларинг биланإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳعَلِيمٌۢbiluvchidirбилувчидирبِذَاتِegallagan narsalarniэгаллаган нарсаларниٱلصُّدُورِdillarniдилларни
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada moʻminlarning kofirlar bilan boʻlgan aloqalaridagi xatolar bayon qilingandir. Xatoning kattasi dushmanning haqiqiy holini bilmaslikda ekanligi tushuntirilyapti:

«Hoy, sizlar! Ularni yaxshi koʻrasizlar-u, ular sizni yaxshi koʻrmaslar».

Musulmonlar soddaliklari uchun oʻzlaridan boshqalar ularga chiroyliroq muomala qilib, bir oz maqtab qoʻysa, boʻldi, muhabbat qoʻyaveradilar, ularni oʻzlariga sirdosh qilib olaveradilar. Bu xato ishdir, chunki qarshi taraf hech qachon musulmonlarni yaxshi koʻrmaydi.

Musulmonlar Allohdan tushgan hamma kitoblarga, jumladan, oʻzlariga dushmanlik qilayotganlarga tushgan kitoblarga ham iymon keltiradilar:

«Sizlar kitobning hammasiga iymon keltirasizlar».

Bu xato emas, balki musulmonlik burchidir. Ammo, boshqa taraf munofiqlik qiladi:

«ular sizlarni koʻrganda, iymon keltirdik, derlar, ammo holi qolganlarida, sizlarga boʻlgan qattiq achchiqlaridan barmoq tishlarlar».

Odatda, birovga nisbatan cheksiz adovati boʻlsa-yu, lekin unga zarar bera olmasa, barmoq tishlanadi. Yaʼni, ahli kitoblarning musulmonlarga dushmanliklari cheksizdir. Nima qilib boʻlmasin, musulmonlar boshiga mashaqqatlar solish niyatida yuradilar. Bunday kimsalarni hech qachon sirdosh tutib boʻlmaydi. Unaqa odamlarga oyati karima oʻrgatganidek muomala qilish kerak:

«Achchiqlaring bilan oʻlib ketinglar», deb ayt!»

Ularga eng munosib muomala–shu. Ular qanchalik hasad qilishmasin, baribir, Alloh moʻmin bandalariga neʼmatlarini beraveradi, dinini mukammal qilaveradi.

«Albatta, Alloh dillarni egallagan narsalarni biluvchidir.»

Kimning qalbida iymon bor, kimnikida kufr-u, kimnikida nifoq borligini yaxshi biladi.