وَإِذْ غَدَوْتَ مِنْ أَهْلِكَ تُبَوِّئُ ٱلْمُؤْمِنِينَ مَقَـٰعِدَ لِلْقِتَالِ ۗ وَٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ahlingdan ertalab chiqib, mo`minlarni urush joylariga turg`izganingni esla! Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir.Аҳлингдан эрталаб чиқиб, мўминларни уруш жойларига турғизганингни эсла! Аллоҳ эшитувчи ва билувчи Зотдир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ahli oilangiz huzuridan chiqib, moʻminlarni urushadigan joylariga taxt qilib qoʻygan paytingizni eslang! Alloh eshitguvchi, bilguvchidir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), аҳли оилангиз ҳузуридан чиқиб, мўминларни урушадиган жойларига тахт қилиб қўйган пайтингизни эсланг! Аллоҳ эшитгувчи, билгувчидир.
Bu oyati karima Uhud jangining boshlanish vaqtidagi holatni soʻzlar bilan jonlantiradi. Shoʻro majlisidan keyin kirib Oisha onamizning hujralaridan sovutlarini kiyib, jang maydoniga oʻz odamlarini boshlab kelgan Paygʻambar alayhissolatu vassalom askarboshilarga xos tadbirkorlik va jiddiyat bilan musulmonlarni urush joylariga qoʻymoqdalar. Bayroqni Musʼab ibn Umayr roziyallohu anhuga topshirdilar. Soʻng, kamonchilarni chaqirib, ularga Abdulloh ibn Jubayrni amir etib tayinladilar. Ularga turishlari lozim boʻlgan joyni alohida eʼtibor bilan koʻrsatdilar. Nima boʻlganda ham, joylarini tark etmaslikni tayinladilar. Oʻng qanot odamlarini ajratib, ularni ham amirlari ila belgilangan joylariga turishni buyurdilar. Soʻngra, chap qanot, har bir jangchiga, har bir joyga alohida eʼtibor berdilar. Bu holatlar hammaning yodida, ayniqsa, jang ishtirokchilari yaxshi eslaydilar.
«Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir».
Demak, Uhud voqeasida nima gap boʻlgan boʻlsa, hammasini eshitgan, hamma ishni koʻrgan. Shoʻro paytida yoshlar nima dedi, munofiqlar nima qildi, xullas, Alloh doimo birga, har bir soʻzni eshitib, har bir ishni bilib turgan.