إِذْ هَمَّت طَّآئِفَتَانِ مِنكُمْ أَن تَفْشَلَا وَٱللَّهُ وَلِيُّهُمَا ۗ وَعَلَى ٱللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ ٱلْمُؤْمِنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizlardan ikki toifa qo`rqib zaiflashmoqchi bo`lganini esla! Alloh ularning valiyidir. Mo`minlar faqat Allohning O`ziga tavakkal qilsinlar.Сизлардан икки тоифа қўрқиб заифлашмоқчи бўлганини эсла! Аллоҳ уларнинг валийидир. Мўминлар фақат Аллоҳнинг Ўзига таваккал қилсинлар.Alauddin Mansour: Oʻsha payt sizlarning orangizdan ikki guruh umidsizlikka tusha boshladi. Holbuki, Alloh ularga yor edi. Bas, moʻminlar yolgʻiz Allohgagina suyansinlar!Ўша пайт сизларнинг орангиздан икки гуруҳ умидсизликка туша бошлади. Ҳолбуки, Аллоҳ уларга ёр эди. Бас, мўминлар ёлғиз Аллоҳгагина суянсинлар!
Bu oyati karima Xazraj qabilasiga mansub Bani Salama urugʻi va Avs qabilasiga mansub Bani Horisa urugʻi haqida tushgan. Ular munofiqlarning boshligʻi Abdulloh ibn Ubay ibn Salul xafa boʻlib: «Mening aytganimni qilmay, yosh bolalarning aytganini qildi», deb jangchilarning uchdan birini olib Uhud yoʻlidan qaytganida, uning fitnasiga uchishlariga sal qolgan edi. Bu esa, musulmonlar safining yanada zaiflashishiga, ruhiy va maʼnaviy tushkunlik keltirishga sabab boʻlishi mumkin edi. Hali urush boshlanmay turib, bunday ishlarning boʻlishi juda ham noqulay vaziyatni vujudga keltirar edi. Lekin bu toifalarni Alloh taoloning Oʻzi saqlab qoldi, inoyatiga oldi:
«Alloh ularning valiysidir».
Shu tufayli Bani Salama va Bani Horisa urugʻlari ham muvaffaqiyatsizlikka uchramay, Alloh valiylik qilgani uchun musulmonlar safidan chiqmay, jang maydoni tomon ketdilar. Alloh taolo eshituvchi va biluvchi Zot ekanligidan bu ikki toifaning koʻnglidan oʻtgan zaiflikni ham bildi. Ularni oʻz vaqtida toʻgʻri yoʻlga soldi. Mana endi Qurʼoni Karimda oʻsha holatning xabarini bermoqda:
«Moʻminlar faqat Allohning Oʻziga tavakkal qilsinlar».
Moʻminlar doimo–ikkilanganlarida ham, zaiflashganlarida ham, qiyin holga tushib qolganlarida ham, faqat Allohning Oʻziga tavakkal qilsinlar. Shunda najot topadilar. Bu ham musulmonlar uchun katta hayotiy qoidadir.
Uhud urushida musulmonlar katta zarbaga uchradilar. Ammo bundan avval boʻlib oʻtgan Badr urushida osongina gʻalaba qozongan edilar. Buning sababi nimada?
Bu ikki holatni bir-biriga solishtirish, gʻalaba va magʻlubiyatning sabablarini tushunib yetishga yordam boʻlishi uchun kelasi oyatlarda qisqagina qilib, Badr urushi ham esga olinadi: