QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят123

وَلَقَدْ نَصَرَكُمُ ٱللَّهُ بِبَدْرٍ وَأَنتُمْ أَذِلَّةٌ ۖ فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Badrda oz bo`lsalaringiz ham, Alloh sizlarga nusrat berdi. Bas, Allohga taqvo qiling, shoyadki, shukr qilsangiz.Батаҳқиқ, Бадрда оз бўлсаларингиз ҳам, Аллоҳ сизларга нусрат берди. Бас, Аллоҳга тақво қилинг, шоядки, шукр қилсангиз.Alauddin Mansour: Axir Alloh Badr jangida kuchsiz boʻlsangiz-da, sizlarni gʻolib qildi-ku. Bas, Allohdan qoʻrqingiz! Shunda shoyad (uning neʼmatlariga) shukr qilgaysiz.Ахир Аллоҳ Бадр жангида кучсиз бўлсангиз-да, сизларни ғолиб қилди-ку. Бас, Аллоҳдан қўрқингиз! Шунда шояд (унинг неъматларига) шукр қилгайсиз.

66-sahifa · 4-juz · 7-hizb66-саҳифа · 4-жуз · 7-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқنَصَرَكُمُsizlarga nusrat berdiсизларга нусрат бердиٱللَّهُAllohАллоҳبِبَدْرٍۢBadrdaБадрдаوَأَنتُمْva sizlarва сизларأَذِلَّةٌۭ ۖoz (zaif) edingizоз (заиф) эдингизفَٱتَّقُوا۟bas, taqvo qilingбас, тақво қилингٱللَّهَAllohgaАллоҳгаلَعَلَّكُمْshoyadkiшоядкиتَشْكُرُونَshukr qilsangizшукр қилсангиз
TafsirТафсир

Badr urushida mushriklarning soni ming kishi atrofida edi. Temir sovutlar kiyishgan, qurollari oliy darajada, bezalgan otlarni minishgan, boy-zodagon arablardan iborat edilar.

Musulmonlar esa bor yoʻgʻi uch yuz oʻn uch kishi boʻlib, ikkita ot va yetmishta tuya bor edi. Qolganlar piyoda edilar. Qurollari ham shunga yarasha edi.

Badr urushi ikkinchi hijriy sanada, oʻn yettinchi ramazon, juma kuni boʻlib oʻtgan. Bu urushda musulmonlar sonlari va qurollari oz boʻlishiga, hamma tomondan dushman ularga yomon koʻz tikib turgan boʻlishiga qaramay, Allohning nusrati bilan gʻolib keldilar. Alloh ularning ixloslari, mustahkam iymonlari, sadoqatlari, taqvolari, faqat Oʻzidangina yordam kutganlari tufayli va boshqa sabablarga koʻra, gʻolib qildi.

Doimo shundoq boʻladi.

Yarmuk urushida musulmon jangchilar oʻz xalifalari Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan madad yuborishni soʻradilar. Umari Odil ularga: «Mendan madad yuborishni soʻrab yozgan maktubingizni oldim. Men sizlarni aziz va nusrat beruvchi, jangchilarni saqlovchi Zot boʻlgan Allohdan madad soʻrashga chaqiraman. Muhammad alayhissalom ham Badr urushida sizdan quvvatlari oz boʻlsa-da, nusrat topganlar», deb javob yozdilar. Javobni olgan jangchilar urush qilib, dushmanga gʻolib keldilar.

«Bas, Allohga taqvo qiling, shoyadki, shukr qilsangiz».

Shoyadki, taqvo qilishingiz har bir holatda Allohdan oʻzga yordamchi, nusrat beruvchi zot yoʻqligini tushunib yetishingizga, barcha quvvat va sulton uning qoʻlida ekanini bilib, unga doimo shukr qilishingizga sabab boʻlar.