إِذْ تَقُولُ لِلْمُؤْمِنِينَ أَلَن يَكْفِيَكُمْ أَن يُمِدَّكُمْ رَبُّكُم بِثَلَـٰثَةِ ءَالَـٰفٍ مِّنَ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةِ مُنزَلِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mo`minlarga: «Sizga Robbingiz tushirilgan uch ming farishtalar ila madad bermog`i kifoya qilmasmi?!» deganingni esla!Мўминларга: «Сизга Роббингиз туширилган уч минг фаришталар ила мадад бермоғи кифоя қилмасми?!» деганингни эсла!Alauddin Mansour: Moʻminlarga: «Parvardigoringiz sizlarga uch ming koʻkdan tushirilgan farishta bilan madad berishi kifoya qilmaydimi?», degan paytingizni eslang!Мўминларга: «Парвардигорингиз сизларга уч минг кўкдан туширилган фаришта билан мадад бериши кифоя қилмайдими?», деган пайтингизни эсланг!
Aslida, Badrga musulmonlar mushriklarning savdo karvonini koʻzlab chiqishgan edi. Jang qilish niyatlari yoʻq edi, tayyor ham emas edilar. Birdaniga ularning qarshisidan katta kuchga ega dushman chiqib qoldi. Shunda ularning qalblarini tinchitish, oʻzlarini shijoatlantirish uchun Allohning amri bilan Paygʻambar alay- hissalom mazkur gaplarni aytgan edilar.
Kelasi oyat Paygʻambar alayhissalomning Badrda sahobalarga aytgan gaplarining davomi boʻlib, avvalgi oyatdagi vaʼda qilingan madadning berilishi uchun zarur boʻlgan shartlarni zikr qiladi: