QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят125

بَلَىٰٓ ۚ إِن تَصْبِرُوا۟ وَتَتَّقُوا۟ وَيَأْتُوكُم مِّن فَوْرِهِمْ هَـٰذَا يُمْدِدْكُمْ رَبُّكُم بِخَمْسَةِ ءَالَـٰفٍ مِّنَ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةِ مُسَوِّمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Ha (kifoya qiladir)! Agar sabr va taqvo qilsangiz, ular shu payt kelib qolsalar ham, Robbingiz sizga belgili besh ming farishta ila madad beradir».«Ҳа (кифоя қиладир)! Агар сабр ва тақво қилсангиз, улар шу пайт келиб қолсалар ҳам, Роббингиз сизга белгили беш минг фаришта ила мадад берадир».Alauddin Mansour: Yoʻq, (kifoya qilur). Agar sabr qilsangizlar va Allohdan qoʻrqsangizlar va ular (kofirlar) shu onda sizlarga hujum qilsalar, Parvardigoringiz sizlarga besh ming belgili farishta bilan madad berur.Йўқ, (кифоя қилур). Агар сабр қилсангизлар ва Аллоҳдан қўрқсангизлар ва улар (кофирлар) шу онда сизларга ҳужум қилсалар, Парвардигорингиз сизларга беш минг белгили фаришта билан мадад берур.

66-sahifa · 4-juz · 7-hizb66-саҳифа · 4-жуз · 7-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
بَلَىٰٓ ۚha (kifoya qiladi)ҳа (кифоя қилади)إِنagarагарتَصْبِرُوا۟sabr qilsangizсабр қилсангизوَتَتَّقُوا۟va taqvo qilsangizва тақво қилсангизوَيَأْتُوكُمva ular kelib qolsalarва улар келиб қолсаларمِّن-dan-данفَوْرِهِمْshu paytшу пайтهَـٰذَاshuшуيُمْدِدْكُمْmadad beradiмадад берадиرَبُّكُمRobbingizРоббингизبِخَمْسَةِbeshбешءَالَـٰفٍۢmingмингمِّنَ-dan-данٱلْمَلَـٰٓئِكَةِfarishtalarфаришталарمُسَوِّمِينَbelgiliбелгили
TafsirТафсир

Demak, sabr va taqvo Allohdan keladigan madadga qoʻyilgan asosiy shart ekan. Agar musulmonlarda sabr-toqat va taqvo boʻlsa, mushriklar hozir, shu payt ularning ustilariga bostirib kelib qolsalar ham, Alloh ularga belgisi, alomati bor besh mingta farishtani yuborib, madad beradi. Hazrati Ali ibn Abi Tolib karramallohu vajhahudan rivoyat qilinishicha, Badr kuni farishtalarning belgisi oq jun kiyim va otlarining peshonasidagi oqlik boʻlgan ekan.

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Badr kuni farishtalarning belgisi oq salla boʻlib, peshini orqalariga tushirib olishgan ekan.