لِيَقْطَعَ طَرَفًا مِّنَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ أَوْ يَكْبِتَهُمْ فَيَنقَلِبُوا۟ خَآئِبِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirganlarning bir tarafini kesish uchun yoki xorlash uchun, toki, noumid bo`lib qaytsinlar.Куфр келтирганларнинг бир тарафини кесиш учун ёки хорлаш учун, токи, ноумид бўлиб қайтсинлар.Alauddin Mansour: Kofirlarning bir qismini halok qilish yoki magʻlub qilib, noumid holda qaytarish uchun (Alloh sizlarni gʻolib qildi).Кофирларнинг бир қисмини ҳалок қилиш ёки мағлуб қилиб, ноумид ҳолда қайтариш учун (Аллоҳ сизларни ғолиб қилди).
Yaʼni, yuqorida aytilgan tadbirni kofirlarning bir tarafini kesib tashlash, halok etish, halok boʻlmaganlarini xoru zorlikka solish uchun qoʻllandi. Toki, musulmonlarni tag-tomiri bilan qirib tashlash niyatida kelgan makkalik kofirlar niyatlariga yetmay, noumid boʻlib qaytsinlar.
Shunday ham boʻldi. Badr gʻazotida mushriklarning boshliqlaridan yetmishtasi halok boʻldi. Bu ularning bir tarafidan katta kesilish edi. Shuningdek, ularning kattalaridan yetmishtasi asirga tushdi, xoru zor boʻldi. Qolganlari esa, sharmandalarcha, kelgan joyiga qaytdi.