QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят128

لَيْسَ لَكَ مِنَ ٱلْأَمْرِ شَىْءٌ أَوْ يَتُوبَ عَلَيْهِمْ أَوْ يُعَذِّبَهُمْ فَإِنَّهُمْ ظَـٰلِمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu sening ishing emas! U zot yoki ularning tavbasini qabul qilar, yoki azoblar. Bas, ular zolimlardir.Бу сенинг ишинг эмас! У зот ёки уларнинг тавбасини қабул қилар, ёки азоблар. Бас, улар золимлардир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Siz uchun bu ishda (yaʼni, bandalarga najot berish yoki ularni halok qilish ishida) hech bir narsa (yaʼni, inon-ixtiyor) yoʻqdir. (Allohning Oʻzi) yo ularning tavbalarini qabul qilar yoki zolimliklari sababli azoblar.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Сиз учун бу ишда (яъни, бандаларга нажот бериш ёки уларни ҳалок қилиш ишида) ҳеч бир нарса (яъни, инон-ихтиёр) йўқдир. (Аллоҳнинг Ўзи) ё уларнинг тавбаларини қабул қилар ёки золимликлари сабабли азоблар.

66-sahifa · 4-juz · 7-hizb66-саҳифа · 4-жуз · 7-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَيْسَemasэмасلَكَsengaсенгаمِنَ-dan-данٱلْأَمْرِishишشَىْءٌhech narsaҳеч нарсаأَوْyokiёкиيَتُوبَtavbasini qabul qiladiтавбасини қабул қиладиعَلَيْهِمْularningуларнингأَوْyokiёкиيُعَذِّبَهُمْularni azoblaydiуларни азоблайдиفَإِنَّهُمْbas, albatta ularбас, албатта уларظَـٰلِمُونَzolimlardirзолимлардир
TafsirТафсир

Yaʼni, zikr qilinayotgan tadbir sening ishing emas, yolgʻiz Allohning ishidir. Kofirlarning bir tarafini kesish, xor qilish bilan birga, xohlasa, ular tavba qilsalar, tavbalarini qabul etishi yoki qabul etmasdan azoblashi ham mumkin. Chunki ular zolimdirlar. Shunga loyiqdirlar.

Badr gʻazoti haqidagi bu eslatma hamma narsa Allohniki ekanligini va u xohlaganini qilishiga shubha yoʻqligini taʼkidlash bilan nihoyasiga yetadi: