QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят129

وَلِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۚ يَغْفِرُ لِمَن يَشَآءُ وَيُعَذِّبُ مَن يَشَآءُ ۚ وَٱللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Xohlagan kishini mag`firat qiladir va xohlagan kishini azoblaydir. Alloh gunohni mag`firat qiluvchi va rahimli Zotdir.Осмонлару ердаги нарсалар Аллоҳникидир. Хоҳлаган кишини мағфират қиладир ва хоҳлаган кишини азоблайдир. Аллоҳ гуноҳни мағфират қилувчи ва раҳимли Зотдир.Alauddin Mansour: Osmonlar va Yerdagi bor narsa Allohnikidir. U Zot Oʻzi istagan kishining gunohlarini magʻfirat qilur va Oʻzi istagan kimsani azoblar. Alloh magʻfiratli, mehribondir.Осмонлар ва Ердаги бор нарса Аллоҳникидир. У Зот Ўзи истаган кишининг гуноҳларини мағфират қилур ва Ўзи истаган кимсани азоблар. Аллоҳ мағфиратли, меҳрибондир.

66-sahifa · 4-juz · 7-hizb66-саҳифа · 4-жуз · 7-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلِلَّهِva Allohnikidirва Аллоҳникидирمَاnarsalarнарсаларفِى-dagi-дагиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَمَاva narsalarва нарсаларفِى-dagi-дагиٱلْأَرْضِ ۚyerерيَغْفِرُmagʻfirat qiladiмағфират қиладиلِمَنkimniкимниيَشَآءُxohlasaхоҳласаوَيُعَذِّبُva azoblaydiва азоблайдиمَنkimniкимниيَشَآءُ ۚxohlasaхоҳласаوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳغَفُورٌۭgunohni magʻfirat qiluvchiгуноҳни мағфират қилувчиرَّحِيمٌۭrahmli zotdirраҳмли зотдир
TafsirТафсир

Yaʼni, borliqdagi barcha narsa Allohga mulkdir. Hamma ahli dunyo unga bandadir:

«Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir».

Shunday boʻlgach, xohish-ixtiyor ham Undadir:

«Xohlagan kishini magʻfirat qiladir va xohlagan kishini azoblaydir».

Alloh taolo neki qilsa, savolga tutilmaydi. Nimani xohlasa, shuni qiladi. Magʻfirat qilishni istasa, fazli bilan magʻfirat qiladi. Azoblashni istasa, adli bilan azoblaydi:

«Alloh gunohni magʻfirat qiluvchi va rahimli Zotdir».

Bandalar uchun tavba eshigi ochiq. Tavba qilganni Alloh magʻfirat etadi. Parvardigori olamning rahmati gʻazabidan ustun. Doimo bandalariga rahimlidir.

Uhud urushiga doir oyatlarning orasida, yaʼni, bevosita jang maydonidagi kurash haqida soʻz yuritishdan oldin nafs maydonidagi kurash haqida soʻz ketadi. Odamlar oʻz havoi nafslariga, shahvatlariga qarshi jangga daʼvat qilinadilar. Albatta, zohiriy (tashqi) dushmanni yengish uchun avvalo botiniy (ichki) dushmanni yengib olish zarurdir.