QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят130

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَأْكُلُوا۟ ٱلرِّبَوٰٓا۟ أَضْعَـٰفًا مُّضَـٰعَفَةً ۖ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Riboni bir necha barobar qilib yemang. Allohga taqvo qiling, shoyadki, najot topsangiz.Эй, иймон келтирганлар! Рибони бир неча баробар қилиб еманг. Аллоҳга тақво қилинг, шоядки, нажот топсангиз.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, (bergan qarzlaringizni) bir necha barobar qilib olish bilan sudxoʻrlik qilmangiz! Allohdan qoʻrqingiz! (Shunda) shoyad najot topgaysiz.Эй мўминлар, (берган қарзларингизни) бир неча баробар қилиб олиш билан судхўрлик қилмангиз! Аллоҳдан қўрқингиз! (Шунда) шояд нажот топгайсиз.

66-sahifa · 4-juz · 7-hizb66-саҳифа · 4-жуз · 7-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَzotlar (ki)зотлар (ки)ءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларلَاemasэмасتَأْكُلُوا۟yenglarенгларٱلرِّبَوٰٓا۟riboniрибониأَضْعَـٰفًۭاbir necha barobarбир неча баробарمُّضَـٰعَفَةًۭ ۖkoʻpaytirilgan holdaкўпайтирилган ҳолдаوَٱتَّقُوا۟va taqvo qilinglarва тақво қилингларٱللَّهَAllohgaАллоҳгаلَعَلَّكُمْshoyadki sizlarшоядки сизларتُفْلِحُونَnajot topsangizнажот топсангиз
TafsirТафсир

Ribo haqida «Baqara» surasi tafsirida batafsil soʻz ketgan. Bu oyat:

«Ey, iymon keltirganlar! Riboni bir necha barobar qilib yemang», deya johiliyat vaqtidagi bir yomon holatni alohida eslatmoqda.

Hofiz ibn Kasir rahmatullohi alayhi rivoyat qilishlaricha, berilgan qarzning muddati tugab qolganda qarz beruvchi qarzdorga: «Yoki qarzingni toʻla yoki riboni koʻpaytir», der ekan. Toʻlasa, toʻladi, boʻlmasa, qarz muddatini choʻzish evaziga riboning miqdorini ham koʻpaytirar ekan. Har yili shunday boʻlavergandan keyin ribo bir necha barobarga koʻpayib ketarkan. Ushbu oyati karimada oʻsha holat muolaja qilinmoqda.

Nafsi buzuq baʼzi kimsalar bu oyatni ushlab olib, Alloh taolo Qurʼoni Karimda: «Riboni bir necha barobar qilib yemang», degan, demak, bir necha barobar oshirmay, maʼlum foiz yesa boʻlaveradi, degan daʼvolarni ham qilishadi. Bu johillikdir, Alloh harom etgan narsani oʻziga halol qilib olish yoʻlidagi gʻarazli harakatdir. Holbuki, oyati karima voqelikdan kelib chiqib, johiliyat davrining eng yomon odatlaridan birini asta-sekinlik bilan muolaja etmoqda. Qolaversa, ribo haqida Qurʼoni Karimda faqat bitta shu oyatgina bor emas, axir. Riboning haromligini bayon qiluvchi asosiy oyatlar «Baqara» surasida kelgan. Unda: «Riboning sarqitini ham tark qiling», deyilgan.

Gunohni, jumladan riboxoʻrlikni hamma ham osongina tark qilavermaydi. Buning uchun, avvalo, Alloh taologa taqvo qilish lozim:

«Allohga taqvo qiling, shoyadki, najot topsangiz».

Albatta, Allohga taqvo qilgan va bu dunyoyu u dunyoda najot topishdan umidvor boʻlgan odamlar riboxoʻrlik qilmaydilar.