QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят131

وَٱتَّقُوا۟ ٱلنَّارَ ٱلَّتِىٓ أُعِدَّتْ لِلْكَـٰفِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va kofirlar uchun tayyorlab qo`yilgan olovdan qo`rqing.Ва кофирлар учун тайёрлаб қўйилган оловдан қўрқинг.Alauddin Mansour: Va kofirlar uchun tayyorlab qoʻyilgan doʻzaxdan qoʻrqingiz!Ва кофирлар учун тайёрлаб қўйилган дўзахдан қўрқингиз!

66-sahifa · 4-juz · 7-hizb66-саҳифа · 4-жуз · 7-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱتَّقُوا۟va qoʻrqinglarва қўрқингларٱلنَّارَolovdanоловданٱلَّتِىٓki uки уأُعِدَّتْtayyorlab qoʻyilganтайёрлаб қўйилганلِلْكَـٰفِرِينَkofirlar uchunкофирлар учун
TafsirТафсир

Kofirlar uchun tayyorlab qoʻyilgan doʻzax olovidan qoʻrqadigan odam ham riboxoʻrlik qilmaydi. Imom Aʼzam Abu Hanifa rahmatullohi alayhi: «Bu oyat Qurʼoni Karimdagi eng xavfli oyatdir, chunki Alloh moʻmin bandalarga, agar ular Alloh harom qilgan narsadan chetlamasalar, kofir bandalar uchun tayyorlangan doʻzax oʻtini vaʼda qilmoqda», der ekanlar.

Imom Nasafiy rahmatullohi alayhi ham shu maʼnolarda:

«Iymoni boʻlsa, gunoh zarar qilmaydi va aslo doʻzaxda azoblanmaydi, degan murjiʼa mazhabining gapi mutlaqo nooʻrin ekanligiga kuchli dalil bordir», deganlar. Bu fikr egalari hozir ayniqsa koʻpaygan, hatto koʻpchiliklari shahodat kalimalarini ayta olmaydilar, ammo ismi musulmoncha boʻlganidan, jannatning toʻri meniki, deb yuradilar.