۞ وَسَارِعُوٓا۟ إِلَىٰ مَغْفِرَةٍ مِّن رَّبِّكُمْ وَجَنَّةٍ عَرْضُهَا ٱلسَّمَـٰوَٰتُ وَٱلْأَرْضُ أُعِدَّتْ لِلْمُتَّقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbingizdan bo`lgan mag`firatga va kengligi osmonlaru yercha bo`lgan, taqvodorlar uchun tayyorlab qo`yilgan jannatga shoshiling.Роббингиздан бўлган мағфиратга ва кенглиги осмонлару ерча бўлган, тақводорлар учун тайёрлаб қўйилган жаннатга шошилинг.Alauddin Mansour: Va Parvardigoringiz tomonidan boʻlgʻusi magʻfiratga hamda taqvodorlar uchun tayyorlab qoʻyilgan eni osmonlar va Yer barobarida boʻlgan jannatga shoshilingiz!Ва Парвардигорингиз томонидан бўлғуси мағфиратга ҳамда тақводорлар учун тайёрлаб қўйилган эни осмонлар ва Ер баробарида бўлган жаннатга шошилингиз!
Demak, Alloh taoloning magʻfirati va kengligi osmonlaru yercha boʻlgan jannati taqvodorlar uchun ekan.
Kelasi oyatda mazkur magʻfirat va jannatning haqdorlari boʻlgan taqvodorlarning sifatlari zikr qilinadi: