QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят134

ٱلَّذِينَ يُنفِقُونَ فِى ٱلسَّرَّآءِ وَٱلضَّرَّآءِ وَٱلْكَـٰظِمِينَ ٱلْغَيْظَ وَٱلْعَافِينَ عَنِ ٱلنَّاسِ ۗ وَٱللَّهُ يُحِبُّ ٱلْمُحْسِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular yengillikda ham, og`irlikda ham nafaqa qiladiganlar, g`azabini yutadiganlar va odamlarni afv qiladiganlardir. Alloh yaxshilik qiluvchilarni yoqtiradir.Улар енгилликда ҳам, оғирликда ҳам нафақа қиладиганлар, ғазабини ютадиганлар ва одамларни афв қиладиганлардир. Аллоҳ яхшилик қилувчиларни ёқтирадир.Alauddin Mansour: (U taqvodor zotlar) yaxshi-yomon kunlarda infoq-ehson qiladigan, gʻazablarini ichlariga yutadigan, odamlarning (xato-kamchiliklarini) afv etadigan kishilardir. Alloh bunday yaxshilik qiluvchilarni sevadi.(У тақводор зотлар) яхши-ёмон кунларда инфоқ-эҳсон қиладиган, ғазабларини ичларига ютадиган, одамларнинг (хато-камчиликларини) афв этадиган кишилардир. Аллоҳ бундай яхшилик қилувчиларни севади.

67-sahifa · 4-juz · 7-hizb67-саҳифа · 4-жуз · 7-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلَّذِينَularуларيُنفِقُونَnafaqa qiladiganlarнафақа қиладиганларفِى-da-даٱلسَّرَّآءِyengillikенгилликوَٱلضَّرَّآءِva ogʻirlikdaва оғирликдаوَٱلْكَـٰظِمِينَva yutadiganlarва ютадиганларٱلْغَيْظَgʻazabiniғазабиниوَٱلْعَافِينَva avf qiladiganlarва авф қиладиганларعَنِ-ni-ниٱلنَّاسِ ۗodamlarniодамларниوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳيُحِبُّyoqtiradiёқтирадиٱلْمُحْسِنِينَyaxshilik qiluvchilarniяхшилик қилувчиларни
TafsirТафсир

Allohdan boʻlgan magʻfiratga va kengligi osmonlaru yerchalik boʻlgan jannatga sazovor boʻlgan taqvodorlarning sifatlaridan biri:

«...yengillikda ham, ogʻirlikda ham nafaqa qiladiganlar».

Yaʼni, ular yaxshilik qilishda sobitqadam odamlardir. Hayotlari yengillashib, hamma narsalari serob boʻlib ketsa ham, hovliqib, haddilaridan oshib, fisq-fasodga berilib ketmaydilar. Balki, oʻzlarini bosib, xayr-ehson, nafaqa qilishda bardavom boʻladilar. Shuningdek, boshlariga ogʻir kunlar tushsa ham, siqilib, oʻzlarini noqulay sezib, baxillik yoʻliga oʻtib olmaydilar. Balki nafaqa qilishda bardavom boʻladilar. Ularning taqvolari doimo ehsonga chorlab turadi. Baxillik va qizgʻanchiqlikdan qaytaradi.

Taqvodorlarning sifatlaridan yana biri:

«...gʻazabini yutganlar...»

Gʻazabini yutish eng qiyin ishlardan hisoblanadi. Gʻazab insonda turli munosabatlar ila qoʻzgʻalib turadi, uni jilovlab olish har kishining ham qoʻlidan kelavermaydi. Lekin bu ogʻir ishni taqvodor kishi eplashi mumkin. Yaʼni, qalbida taqvodorlik mavjud boʻlgan insongina gʻazabdan gʻolib chiqa oladi.

Islomda gʻazabni yutish ulugʻ axloqlardan hisoblanadi. Qurʼoni Karim oyatlaridan tashqari bu oliy sifatning maqtovi Paygʻambarimizning hadislarida, salafi solihlarimizning ishlari va soʻzlarida oʻz aksini topgan.

Imom Ahmad rahmatullohi alayhi rivoyat qilgan hadisda kelishicha, bir kishi Paygʻambar alayhissolatu vassalomga:

«Ey, Allohning Rasuli, menga nasihat qiling»,–dedi. U zoti bobarakot:

«Gʻazab qilma»,–dedilar. Soʻragan odam keyinchalik eʼtirof etib, bunday deydi:

«Rasullulloh alayhissalom shu gapni aytganlarida, oʻylab koʻrsam, gʻazab hamma yomonlikni oʻzida jamlagan ekan».

Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayhi Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qiladilarki, Paygʻambarimiz alayhissolatu vassalom:

«Kim (jazo berishga) qodir boʻlib turib, gʻazabini yutsa, qiyomat kuni Alloh uni xaloyiq oldida chaqirib turib, hurlardan xohlaganini tanlab olishga imkon beradi», deganlar.

Mazkur taqvodorlarning yana bir sifatlari:

«...va odamlarni afv qiladiganlardir».

Bu sifat gʻazabni yutish sifatini toʻldirib keladi. Chunki, ishning chiroyli hol boʻlishi uchun gʻazabni yutib qoʻyishning oʻzi kifoya emas. Oliyjanoblik koʻrsatib gʻazabini yutgan odam bu oliyjanobligini tugal qilayin desa, aybdorni afv qila olishi, kechira bilishi ham kerak.

Imom Hokim rivoyat qilgan hadisda: «Kimki uning uchun jannatda binolar qurilishini va darajalari koʻtarilishini xohlasa, zulm qilganni avf etsin, bermaganga bersin va orani uzganga silai rahm qilsin», deyiladi.

Ibn Kasir rahmatullohi alayhi Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambar alayhissolatu vassalom:

«Qiyomat kuni bir jarchi: «Odamlarni afv qilganlar qani! Robbingiz huzuriga ajringizni olgani keling», deb chaqiradi. Afv qilgan har bir musulmon jannatga kirishga haqlidir», deganlar.

«Alloh yaxshilik qiluvchilarni yoqtiradir.»

Yuqorida zikr qilingan sifatning sohiblari yaxshilik qiluvchi sanaladilar. Demak, ularni Alloh yaxshi koʻrar ekan.

Keyingi oyati karimada mazkur taqvodorlar sifatlarining zikri yana davom etadi: