QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят135

وَٱلَّذِينَ إِذَا فَعَلُوا۟ فَـٰحِشَةً أَوْ ظَلَمُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ ذَكَرُوا۟ ٱللَّهَ فَٱسْتَغْفَرُوا۟ لِذُنُوبِهِمْ وَمَن يَغْفِرُ ٱلذُّنُوبَ إِلَّا ٱللَّهُ وَلَمْ يُصِرُّوا۟ عَلَىٰ مَا فَعَلُوا۟ وَهُمْ يَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ular fohisha ish yoki o`zlariga zulm qilgan chog`larida Allohni eslab, gunohlarini mag`firat qilishni so`rarlar, gunohlarini Allohdan o`zga kim ham mag`firat qilardi? Va ular bilib turib, qilgan gunohlarida bardavom bo`lmaslar.Ва улар фоҳиша иш ёки ўзларига зулм қилган чоғларида Аллоҳни эслаб, гуноҳларини мағфират қилишни сўрарлар, гуноҳларини Аллоҳдан ўзга ким ҳам мағфират қиларди? Ва улар билиб туриб, қилган гуноҳларида бардавом бўлмаслар.Alauddin Mansour: (U taqvodor zotlar) qachon biron-bir noloyiq gunoh ish qilib qoʻysalar yoki (qandaydir gunoh ish qilish bilan) oʻzlariga zulm qilsalar, darhol Allohni eslab, gunohlarini magʻfirat-kechirim soʻraydigan, — har qanday gunohni yolgʻiz Allohgina magʻfirat qilur, — va bilgan hollarida qilgan gunohlarida davom etmaydigan kishilardir.(У тақводор зотлар) қачон бирон-бир нолойиқ гуноҳ иш қилиб қўйсалар ёки (қандайдир гуноҳ иш қилиш билан) ўзларига зулм қилсалар, дарҳол Аллоҳни эслаб, гуноҳларини мағфират-кечирим сўрайдиган, — ҳар қандай гуноҳни ёлғиз Аллоҳгина мағфират қилур, — ва билган ҳолларида қилган гуноҳларида давом этмайдиган кишилардир.

67-sahifa · 4-juz · 7-hizb67-саҳифа · 4-жуз · 7-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلَّذِينَva ularва уларإِذَاqachonkiқачонкиفَعَلُوا۟qilsalarқилсаларفَـٰحِشَةًfohisha ishфоҳиша ишأَوْyokiёкиظَلَمُوٓا۟zulm qilsalarзулм қилсаларأَنفُسَهُمْoʻzlarigaўзларигаذَكَرُوا۟eslaydilarэслайдиларٱللَّهَAllohniАллоҳниفَٱسْتَغْفَرُوا۟bas, magʻfirat soʻraydilarбас, мағфират сўрайдиларلِذُنُوبِهِمْgunohlari uchunгуноҳлари учунوَمَنva kimва кимيَغْفِرُmagʻfirat qilardiмағфират қилардиٱلذُّنُوبَgunohlarniгуноҳларниإِلَّا-dan oʻzga-дан ўзгаٱللَّهُAllohАллоҳوَلَمْva emasва эмасيُصِرُّوا۟bardavom boʻlurlarбардавом бўлурларعَلَىٰ-da-даمَاnarsaнарсаفَعَلُوا۟qilganқилганوَهُمْva ularва уларيَعْلَمُونَbilib turadilarбилиб турадилар
TafsirТафсир

Maʼlumki, taqvodorlik moʻminlarning oliy darajasi hisoblanadi. Hozir oʻrganayotganimiz oyati karimamizda taqvodorlarga ulkan darajalar vaʼda qilinmayotir. Lekin ushbu oyatda fohisha ish yoki oʻziga zulm qilgan odamlar ham taqvodorlar safidan oʻrin olishi mumkinligi aytilmoqda. Bu nimaga dalolat qiladi? Bu, Islom dinining bagʻri kengligiga dalolat qiladi. Bu, Islomda insonning tabiatini nihoyatda chuqur bilib oʻziga yarasha muomala qilinishidan dalolat beradi. Inson, nima boʻlganda ham, insondir. Hayoti davomida turli qiyinchiliklarga, igʻvo va chalgʻitishlarga uchraydi. Baʼzi vaqtlarda zaifligi tutib, havoi nafsining soʻziga kirib qoʻyadi. Bunday paytda darhol oʻziga kelib, oyati karimada zikr etilayotgandek,

«Allohni eslab, gunohlarini magʻfirat qilishini soʻrarlar».

Xoʻsh, bularga qanday munosabatda boʻlish kerak? Sen falon ishni qilib qoʻyding, boʻldi, endi umidingni uzaver, deyiladimi? Yoʻq! Islom tavba eshigini keng ochib qoʻygan. Bandalik, ojizlik tutib baʼzi gunohlarni qilgan boʻlsa ham, taqvodorlar safiga qoʻshilish imkoni bor. Faqat, bir sharti bor, u ham boʻlsa:

«Allohni eslab, gunohlarini magʻfirat qilishni soʻrarlar» va

«...bilib turib, qilgan gunohlarida bardavom boʻlmaslar».

Ana shundagina taqvodorlar safiga qoʻshilish imkoniyatidan mahrum boʻlmaydilar. Ammo, tavba qilmasalar va bilib turib gunohlarida yana davom etaversalar, bu imkoniyat ularga hech qachon berilmaydi.

Demak, bir marta, bilmasdan yoki zaiflik tutib, gunoh qilib qoʻygan odam darrov tavba qilsa va gunohdan toʻxtasa, shundagina tavbasi qabul ekan. Bu qoida magʻfirat bobidagi barcha oyat va hadislarga tegishlidir. Baʼzi nafsi buzuq odamlar oʻylaganidek, ogʻzida tavba qildim deb qoʻyib, qayta-qayta gunoh qilaveradiganlar bu hukmga kirmaydilar.

Imom Ahmad ibn Hanbal roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz alayhissolatu vassalom:

«Gunoh qilgan har bir musulmon yaxshilab tahorat qilib, ikki rakʼat namoz oʻqib, soʻngra istigʻfor aytsa, albatta, Alloh uni kechiradi», deganlar.

Kelasi oyatda mazkur taqvodorlik sifatiga ega boʻlganlarning mukofotlari zikr qilinadi: