QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят136

أُو۟لَـٰٓئِكَ جَزَآؤُهُم مَّغْفِرَةٌ مِّن رَّبِّهِمْ وَجَنَّـٰتٌ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ خَـٰلِدِينَ فِيهَا ۚ وَنِعْمَ أَجْرُ ٱلْعَـٰمِلِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana o`shalarning mukofotlari — Robbilaridan bo`lgan mag`firat va ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar bo`lib, ular unda abadiy qolurlar. Amal qiluvchilarning ajri qanday ham yaxshi!Ана ўшаларнинг мукофотлари — Роббиларидан бўлган мағфират ва остидан анҳорлар оқиб турган жаннатлар бўлиб, улар унда абадий қолурлар. Амал қилувчиларнинг ажри қандай ҳам яхши!Alauddin Mansour: Ularning mukofotlari Parvardigorlari tomonidan magʻfirat va taglaridan daryolar oqib turguvchi jannatlar boʻlib, ular oʻsha joyda abadiy qolajaklar. Yaxshi amal qilguvchilarning ajrlari naqadar yaxshi ajr!Уларнинг мукофотлари Парвардигорлари томонидан мағфират ва тагларидан дарёлар оқиб тургувчи жаннатлар бўлиб, улар ўша жойда абадий қолажаклар. Яхши амал қилгувчиларнинг ажрлари нақадар яхши ажр!

67-sahifa · 4-juz · 7-hizb67-саҳифа · 4-жуз · 7-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларجَزَآؤُهُمularning mukofotlariуларнинг мукофотлариمَّغْفِرَةٌۭmagʻfiratмағфиратمِّن-dan-данرَّبِّهِمْRobbilariРоббилариوَجَنَّـٰتٌۭva jannatlarва жаннатларتَجْرِىoqib turganоқиб турганمِن-dan-данتَحْتِهَاuning ostidanунинг остиданٱلْأَنْهَـٰرُanhorlarанҳорларخَـٰلِدِينَabadiy qoluvchilarабадий қолувчиларفِيهَا ۚundaундаوَنِعْمَva qanday ham yaxshiва қандай ҳам яхшиأَجْرُajriажриٱلْعَـٰمِلِينَamal qiluvchilarningамал қилувчиларнинг
TafsirТафсир

Bandalarning taqvodorligi, ogʻir va yengil paytlarda bab-barobar nafaqa qilishlari, gʻazabni yutishlari, odamlarga nisbatan kechirimli boʻlishlari, gunoh qilsalar yoki oʻzlariga zulm etsalar, darrov oʻnglanib magʻfirat soʻrashlari, gunohda davom etmasliklari–ushbu sifatlarning mukofoti Allohning magʻfiratidir. Buning ustiga, qiyomat kunida:

«Ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar boʻlib, ular unda abadiy qolurlar».

Oyati karima soʻngida kelgan:

«Amal qiluvchilarning ajri qanday ham yaxshi!», degan jumladan bilinib turibdiki, mazkur oliymaqom mukofotlarga sazovor boʻlgan kishilar amal–ish qilganlardir. Quruq gap yoki ramziy ishlar bilan kifoyalanib qolmaganlardir.

Kelasi oyat Uhud gʻazotining tafsilotidan oldingi muqaddima hisoblanadi: