قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِكُمْ سُنَنٌ فَسِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَٱنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَـٰقِبَةُ ٱلْمُكَذِّبِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizdan oldin sunnatlar qolgan. Bas, yer yuzida yurib yolg`onga chiqaruvchilarning oqibati qanday bo`lganiga nazar solinglar.Сиздан олдин суннатлар қолган. Бас, ер юзида юриб ёлғонга чиқарувчиларнинг оқибати қандай бўлганига назар солинглар.Alauddin Mansour: (Ey moʻminlar), sizlardan ilgari ham sunnatlar — ibratlar oʻtgandir. Bas, Yerda aylanib yurib, Allohning dinini yolgʻon deganlarning oqibatlari qanday boʻlganini bir koʻringlar!(Эй мўминлар), сизлардан илгари ҳам суннатлар — ибратлар ўтгандир. Бас, Ерда айланиб юриб, Аллоҳнинг динини ёлғон деганларнинг оқибатлари қандай бўлганини бир кўринглар!
Takror boʻlaverib, doimiy odatga aylanib qolgan ishlarga ham arab tilida «sunnat» deyiladi. Bu oyatda Islom ummatidan oldingi ummatlar davrida sunnatga aylanib qolgan ishlar borligiga ishora etilyapti. Yaʼni, sizdan oldin oʻtgan ummatlardan ayrim sunnatlar qolgan. Lekin u sunnatlar qanday sunnatlardir? Buni kelasi jumladan bilib olamiz:
«...Bas, yer yuzida yurib yolgʻonga chiqaruvchilarning oqibati qanday boʻlganiga nazar solinglar».
Insoniyat oʻz tarixi davomida koʻplab Paygʻambarlarni va turfa ummatlarni koʻrgan. Har bir Paygʻambar kelganida, unga iymon keltirganlar bilan birga, uni va unga kelgan vahiyni yolgʻonga chiqaruvchilar ham boʻlgan. Iymon keltirganlar barchasi najot topib, baxt-saodatga erishganlar, Paygʻambarlarni yolgʻonga chiqaruvchilar esa, istisnosiz hammasining oqibati yomonlik bilan tugagan. Bu dunyoyu u dunyolari xarob boʻlgan. Moʻminlar doim gʻolib chiqib, kofirlar magʻlub boʻlganlar. Ayni shu narsa oldin oʻtganlardan qolgan sunnatdir. Yaʼni, Uhud urushida magʻlub boʻldik, deb ruhiy aziyat chekayotgan musulmonlarga deyilmoqdaki, xafa boʻlmanglar, baribir oqibatda sizlar gʻolib chiqasizlar. Quraysh mushriklarining bir jangda qoʻli baland kelganidan tushkunlikka tushmanglar, baribir ular uzoqqa bora olmaydilar. Ular Pay-gʻambarni, Qurʼonni, Allohning dinini yolgʻonga chiqaryaptilar, baribir najot topmaydilar. Koʻnglingiz xotirjam boʻlsin:
«... yer yuzida yurib yolgʻonga chiqaruvchilarning oqibati qandoq boʻlganiga nazar solinglar...»