هَـٰذَا بَيَانٌ لِّلنَّاسِ وَهُدًى وَمَوْعِظَةٌ لِّلْمُتَّقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu, odamlar uchun bayon va taqvodorlar uchun hidoyat va mav'izadir.Бу, одамлар учун баён ва тақводорлар учун ҳидоят ва мавъизадир.Alauddin Mansour: Bu (Qurʼon) odamlar uchun Toʻgʻri Yoʻlni bayon qilguvchi va taqvo egalari uchun hidoyat va pand-nasihatdir.Бу (Қуръон) одамлар учун Тўғри Йўлни баён қилгувчи ва тақво эгалари учун ҳидоят ва панд-насиҳатдир.
Yaʼni, bu Qurʼon hamma uchun bayonotdir. Qurʼoni Karim oʻtmishni hozir, hozirni kelajak bilan bogʻlab turuvchi, hamma narsani bayon qiluvchidir. Shu bilan birga, «taqvodorlar uchun hidoyat va mavʼizadir».
Qurʼoni Karim hamma odamlarga bayonot boʻlib kelaveradi, ammo undan foyda olish taqvodorlargagina nasib etadi. Moʻminlar va taqvodorlargina undan hidoyat topadilar va mavʼiza–ibrat oladilar. Maʼlumki, iymon bilan taqvo bir-biriga bogʻliq narsalardir.
Ushbu umumiy bayondan keyin kelgusi oyatda musulmonlar dadil va sobitqadam boʻlishga chaqiriladilar: