QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят139

وَلَا تَهِنُوا۟ وَلَا تَحْزَنُوا۟ وَأَنتُمُ ٱلْأَعْلَوْنَ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bo`shashmanglar! Xafa bo`lmanglar! Sizlar, agar mo`min bo`lsalaringiz, ustunsizlar.Бўшашманглар! Хафа бўлманглар! Сизлар, агар мўмин бўлсаларингиз, устунсизлар.Alauddin Mansour: Kufrga qarshi kurashda (sustlashmangiz) va (Uhud jangidagi magʻlubiyat sababli) gʻamgin boʻlmangiz! Agar (haqiqiy) iymon egalari boʻlsangizlar, sizlar ustun boʻlguvchidirsizlar.Куфрга қарши курашда (сустлашмангиз) ва (Уҳуд жангидаги мағлубият сабабли) ғамгин бўлмангиз! Агар (ҳақиқий) иймон эгалари бўлсангизлар, сизлар устун бўлгувчидирсизлар.

67-sahifa · 4-juz · 7-hizb67-саҳифа · 4-жуз · 7-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَاva emasва эмасتَهِنُوا۟boʻshashinglarбўшашингларوَلَاva emasва эмасتَحْزَنُوا۟xafa boʻlinglarхафа бўлингларوَأَنتُمُva sizlarва сизларٱلْأَعْلَوْنَustunsizlarустунсизларإِنagarагарكُنتُمboʻlsalaringizбўлсаларингизمُّؤْمِنِينَmoʻminмўмин
TafsirТафсир

Ey musulmonlar! Hech boʻshashmanglar, zaiflashmanglar, sizga yetgan musiybatlarga, boshingizga tushgan ogʻirliklarga xafa boʻlmanglar:

«Sizlar, agar moʻmin boʻlsalaringiz, ustunsizlar».

Chunki aqiydalaringiz ustun, pok, oliy. Yagona Allohga ishonasizlar va Unga bandalik qilasizlar. Ular esa, turli-tuman but- sanamlarga, urf-odatlarga, oʻzlariga oʻxshagan odamlarga eʼtiqod etadilar va ularning roziligini topish ilinjida ibodat qiladilar. Sizlarning hayot yoʻllanmangiz Alloh taoloning huzuridandir. Ular esa, oʻzlari tuzib olgan yoki oʻzlariga oʻxshagan odamlardan olingan «yoʻllanma»ga amal qiladilar. Sizlar Allohning yer yuzidagi xalifalarisiz. Ular hayotining mazmuni yeb-ichishdan iborat boʻlgan hayvon misolidirlar. Sizlar dunyoda hammani hidoyatga daʼvat qiluvchilarsiz. Ular zulmatga, zalolatga chaqiruvchilardir. Sizlar ikki dunyo saodatiga egasiz. Ular ikki dunyo badbaxtligiga egadirlar.

Agar sizlar haqiqiy iymonli boʻlsangiz, doimo ustunsiz. Agar siz haqiqiy moʻmin boʻlsangiz, boʻshashmang va xafa boʻlmang.

Tarix davomida musulmonlar haqiqiy iymonli boʻlgan chogʻlarida va bu haqiqatni oʻzlari tushunib yetgan davrlarida doimo ustun boʻlganlar. Agarchi harbiy jihatdan, kuch-quvvat bobida magʻlubiyatga uchrab turgan boʻlsalar ham.

Islom olami boshiga musiybatlar koʻp tushgan. Masalan, moʻgʻullar Islom olamining koʻp qismini bosib olib, uzoq muddat oʻz hukmlarini oʻtkazdilar. Musulmonlar harbiy jihatdan magʻlub boʻlganlariga qaramay, gʻolib moʻgʻullarga nisbatan oʻzlarini ustun his qilardilar. Oʻzlarini haqiqiy moʻminlar, deb bilib, moʻgʻullarni kofir-mushrik, hech narsaga arzimaydigan bir past xalq deb tushunishar edi. Aqiyda, axloq, odob, insoniy muomalalar, ibodat va boshqa koʻpgina masalalarda oʻzlarida ilohiy koʻrsatmalar borligi ila faxrlanishar va dushmanlariga yuqoridan qarashar edi. Ayni chogʻda, oʻzlaridan oʻtgan baʼzi kamchiliklar uchun boshlariga musiybat yetganini, moʻgʻullardan shu bois magʻlub boʻlganliklarini tushunib, oʻsha kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilganlar. Bunga yuz yillab vaqt kerak boʻlgan. Oxiri musulmonlar moʻgʻullarni yengib, oʻz hukmlarini qayta tikladilar. Gʻolib xalq dunyo tarixida birinchi bor magʻlub xalqning diniga kirdi.

Xuddi shunga oʻxshash hodisa salbchilar ustida ham boʻldi. Ovrupalik masihiy bosqinchilar katta kuch bilan Islom olamining qalbini bosib oldilar. Ular yer yuzida bitta ham musulmon qoʻymaslikni oʻzlarining maqsadi qilib olgan edilar. Harbiy jihatdan gʻolib chiqqan taraf sifatida yuz yillar davomida mazkur maqsadlarini amalga oshirish uchun qattiq tirishdilar.

Musulmonlar esa, ularga yuqoridan qarar edilar. Oʻzlarini ustun sezardilar. Ularga zalolatga ketgan kofirlar, iymondan bebahra bechoralar, deb qarardilar. Oqibatda, musulmonlar oʻz hukmlarini qayta tikladilar va aksincha, bosqinchilarning koʻplari Islomni qabul qilib, musulmon boʻldilar.

Hozirgi kun musulmonlari aynan ushbu his-tuygʻuga, haqiqiy moʻminlikni va shu tufayli boshqalardan ustun ekanliklarini tushunib yetishga muhtojdirlar.

Ey musulmonlar! Agar haqiqiy moʻmin boʻlsangiz, boʻshashmang, xafa boʻlmang, dunyoning ishi oʻzi shunday: