إِن يَمْسَسْكُمْ قَرْحٌ فَقَدْ مَسَّ ٱلْقَوْمَ قَرْحٌ مِّثْلُهُۥ ۚ وَتِلْكَ ٱلْأَيَّامُ نُدَاوِلُهَا بَيْنَ ٱلنَّاسِ وَلِيَعْلَمَ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَيَتَّخِذَ مِنكُمْ شُهَدَآءَ ۗ وَٱللَّهُ لَا يُحِبُّ ٱلظَّـٰلِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar sizga jarohat yetgan bo`lsa, u qavmga ham shunga o`xshash jarohat yetgan. Bunday kunlarni odamlar orasida aylantirib turamiz. Toki, Alloh iymon keltirganlarni bilishi uchun va ulardan shahidlarni chiqarib olishi uchun. Va Alloh zolimlarni sevmas.Агар сизга жароҳат етган бўлса, у қавмга ҳам шунга ўхшаш жароҳат етган. Бундай кунларни одамлар орасида айлантириб турамиз. Токи, Аллоҳ иймон келтирганларни билиши учун ва улардан шаҳидларни чиқариб олиши учун. Ва Аллоҳ золимларни севмас.Alauddin Mansour: Agar (bugun — Uhudda) sizlarga jarohat yetgan boʻlsa, (Badr jangida) u qavmga ham xuddi shunday jarohat yetgan. (Toki ibrat boʻlsin deb) va Alloh haqiqiy iymon keltirgan kishilarni bilishi hamda oralaringdan shahidlarni saralab olishi uchun bu kunlarni (yaʼni, gʻalaba va magʻlubiyat kunlarini) odamlar orasida aylantirib turamiz. Alloh zolim kimsalarni sevmaydi.Агар (бугун — Уҳудда) сизларга жароҳат етган бўлса, (Бадр жангида) у қавмга ҳам худди шундай жароҳат етган. (Токи ибрат бўлсин деб) ва Аллоҳ ҳақиқий иймон келтирган кишиларни билиши ҳамда ораларингдан шаҳидларни саралаб олиши учун бу кунларни (яъни, ғалаба ва мағлубият кунларини) одамлар орасида айлантириб турамиз. Аллоҳ золим кимсаларни севмайди.
Ushbu oyati karimada boʻshashmaslikka va xafa boʻlmaslikka boʻlgan daʼvatning hikmatlari bayon qilinmoqda:
«Agar sizga jarohat yetgan boʻlsa, u qavmga ham shunga oʻxshash jarohat yetgan».
Agar sizga Uhud urushi nihoyasida jarohat, qatl, zaiflik yetgan boʻlsa, u dushman qavmga ham shunga oʻxshash jarohat, qatl, zaiflik yetgan. Esingizdami, Badr urushida ular sharmandalarcha magʻlub boʻlgan edilar. Ulardan qanchalari oʻldi, qanchalari asir tushdi va qanchalari qochib ketdi. Yoki uzoqqa borib oʻtirmay, Uhud jangining oʻzini olib koʻring. Avval boshda mushriklarning ishongan kishilaridan yetmishtasi halok boʻldi. Ular qocha boshladi. Sizlar esa, orqalaridan qilich urib boraverdingiz. Mushriklar tumtaraqay boʻlib ketishdi, hatto bayroqlarini ham tashlab qochishdi. Faqat, bir ayol kishi kelib, bayroqlarini koʻtargandagina, uning atrofida toʻplanishdi.
Kamonchilar Paygʻambar alayhissalomning amrlariga xilof qildilar. Alloh uchun boʻlayotgan jihodda dunyoni, oʻlja olish qasdini aralashtirdilar. Oqibatda, ish teskarisiga aylandi. Kamonchilar boʻsh qoldirgan joydan mushriklarning otliqlari bostirib kirib, musulmonlar qurshovda qoldilar. U yogʻi oʻzingizga maʼlum. Ha, bu dunyodagi ishlar shunaqa: odamlarning niyatiga va amaliga qarab boraveradi. Qolaversa, Alloh taoloning yana bir sunnatiga, odatiga aylanib qolganki:
«Bunday kunlarni odamlar orasida aylantirib turamiz».
Yaʼni, bir unday, bir bunday boʻlib turadi. Agar ish bir xilda turaversa, dunyoning qizigʻi qolmaydi. Doimo musulmonlar gʻolib kelaversa, hamma oʻzini musulmon, deb eʼlon qilib yuboradi. Oqibatda, hamma aralashib ketib, kim haqiqiy moʻmin-musulmon, kim yuzaki ekanini odamlar bila olmay qoladilar. Balki, haqiqiylari chetda qolib, yuzakilar aravani quruq olib qochadilar. Bizning bu ishimizda esa, kishilarning haqiqati ochiladi. Sarasi sarakka, puchagi puchakka ajraydi. Binobarin,
«Toki, Alloh iymon keltirganlarni bilishi uchun va ulardan shahidlarni chiqarib olishi uchun»
kunlar odamlar orasida aylantirib turiladi. Ana shunda kim haqiqiy moʻmin, kim munofiq ekanligi ayon boʻladi.
Oyatda «Alloh iymon keltirganlarni bilishi uchun», deyilmoqda. Holbuki, Alloh hammasini azaldan biladi. Hattoki qalbidagi maxfiy narsalarni ham biladi. Bu oyatdagi maʼno oʻsha ilmdagi narsaning yuzaga chiqishi, voqeʼlikda sodir boʻlishi haqida ketmoqda. Alloh oʻz ilmidagi narsaga binoan emas, balki bandalar tomonidan voqeʼlikda sodir etilgan amallarga binoan hisob-kitob qiladi. Bu esa, kunlarning odamlar orasida aylanib turishi tufayli yuzaga chiqadi.
«...va ulardan shahidlarni chiqarib olish uchun.»
Dunyo ishlarining turli boʻlib, almashib turishining hikmatlaridan biri shahidlarni chiqarib olishdir. Yaʼni, saralanganlar orasidan yana ham sarasini ajratib olishdir. Qiyinchilik, ogʻir holatlarda moʻminlar munofiqlardan ajrab chiqadilar. Shu bilan birga, moʻminlar ichida yanada oliymaqomlari–shahidlari ham ajrab chiqadilar. («Shahid»larning ikkinchi maʼnosi guvohlardir.)