QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят141

وَلِيُمَحِّصَ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَيَمْحَقَ ٱلْكَـٰفِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Toki, Alloh mo`minlarni poklashi va kofirlarni halok qilishi uchun.Токи, Аллоҳ мўминларни поклаши ва кофирларни ҳалок қилиши учун.Alauddin Mansour: Va toki Alloh iymon keltirgan zotlarni (gunohlaridan) poklash va kofirlarni halok qilish uchun (bu kunlarni odamlar orasida aylantirib turadi).Ва токи Аллоҳ иймон келтирган зотларни (гуноҳларидан) поклаш ва кофирларни ҳалок қилиш учун (бу кунларни одамлар орасида айлантириб туради).

68-sahifa · 4-juz · 7-hizb68-саҳифа · 4-жуз · 7-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلِيُمَحِّصَva poklashi uchunва поклаши учунٱللَّهُAllohАллоҳٱلَّذِينَularniуларниءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганوَيَمْحَقَva halok qilishi uchunва ҳалок қилиши учунٱلْكَـٰفِرِينَkofirlarniкофирларни
TafsirТафсир

Biz «poklash» deb tarjima qilgan soʻz Qurʼoni Karim matnida «tamhiys» moddasidan olingan feʼl shaklida kelgan. Bu soʻz «keraksiz narsalarni chiqarib tashlab, oʻzi ajrab qolgan narsani yana qaytadan poklash» maʼnosini bildiradi. Bu jarayon inson qalbida, uning ich-ichida sodir boʻladi. Inson vijdoniga bogʻliq jarayondir. Bu jarayon insonning shaxsiyatidagi ochilmay qolgan nuqsonlarni tag-tugi bilan ochib tashlaydigan jarayondir. Bir ishga yangidan kirishib, maʼlum bir darajaga yetgan inson oʻzini ixlosli, qobiliyatli, shijoatli, maqsadga yetish uchun yoʻlda duch keladigan barcha qiyinchiliklarni yengishga tayyordek sezadi. Ammo, boshiga musiybat tushganda, voqealar uni muammolar bilan yuzma-yuz qilganda, hali uncha pishib yetmaganligi, qattiq zarbalarni sabr bilan qabul qilishga tayyor emasligi ayon boʻladi. Bu esa, uning oʻziga yaxshi. Vaqtinchalik magʻlubiyatdan kerakli xulosa chiqarib, kamchiliklarni bartaraf etib, oʻzi urinayotgan oliy maqsad darajasidagi zarbalarga dosh bera oladigan saviyaga erishish uchun harakat qiladi.

Alloh taolo Islom ummatini butun bashariyatga yetakchi boʻlishi uchun tarbiyalab borayotgan edi. Badr urushida musulmonlarni niyatlariga yarasha mukofotladi. Ular gʻalaba nashidasini surdilar. Soʻngra, ularda gʻalaba uchun moʻminlik kifoya, degan fikr paydo boʻlib, Uhudga mushriklarning kelganlarini eshitganlarida, gʻalaba choʻntaklarida turgandek jangga oshiqdilar. Hattoki oʻz rahbarlari Muhammad alayhissalomning fikrlariga ham qarshi chiqib, u kishini oʻzlari xohlamagan holda Hujrai Saodatdan sovut kiyib chiqishga majbur etdilar. Gʻalabaga boʻlgan bu notoʻgʻri ishonch tufayli kamonchilar Paygʻambar alayhissalomning farmonlarini buzdilar. Oqibatda, kutilmagan hol sodir boʻldi. Uhud urushi musulmon ummatiga katta dars, kelajakda butun olamni yaxshi yoʻlga yetaklash uchun tayyorlanish jarayonida bir poklash bosqichi boʻldi. Oʻzlari hali tushunib yetmagan kamchilik va zaifliklarini kashf etishlariga yordam berdi. Bu esa, koni foyda edi.

«...va kofirlarni halok qilish uchun.»

Kofirlar vaqtinchalik gʻalabadan gʻururga ketib, kufrlarida yanada ziyoda boʻladilar. Ularning bu vaqtinchalik gʻalabasi musulmonlarga dars ekanini, musulmonlarni yana ham sayqallaydigan bir hol ekanini tushunib yetmaydilar. Oqibatda, ularning halokati yaqinlashadi.

Oʻn toʻrtinchi hijriy asrning oxiri va oʻn beshinchi asrning boshlarida musulmonlar uchun ilgari ham necha marta takrorlangani kabi, poklanish davri boʻlmoqda. Bu davrda kofir va munofiqlar koʻpayib, haqiqiy moʻminlar ajrab chiqmoqdalar. Alloh taolo ushbu oyatlarda bayon qilgan va yana boshqa faqat Oʻzi biladigan hikmatlarga koʻra, kunlarning aylanishini musulmonlarning ziddiga qilib qoʻydi. Koʻplarning koʻziga kofir va munofiqlar hamma narsada ustun boʻlib koʻrinmoqda. Besh kunlik dunyoning matohiga uchganlar ularga qoʻshilib ketmoqdalar. Haqiqiy musulmonlar ajrab qolib, ularga imtihon ustiga imtihon, sinov ustiga sinov kelmoqda. Sahih hadislarda kelishicha, qiyomatgacha albatta butun dunyo musulmon boʻladi. Ehtimol, oʻsha ulugʻ maqomga musulmonlarni tayyorlash uchun poklash jarayoni kechayotgandir.