QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят142

أَمْ حَسِبْتُمْ أَن تَدْخُلُوا۟ ٱلْجَنَّةَ وَلَمَّا يَعْلَمِ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ جَـٰهَدُوا۟ مِنكُمْ وَيَعْلَمَ ٱلصَّـٰبِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki Alloh sizlardan jihod qilganlarni bilmasdan va sabrlilarni bilmasdan turib, jannatga kiraveramiz, deb hisoblaysizmi?!Ёки Аллоҳ сизлардан жиҳод қилганларни билмасдан ва сабрлиларни билмасдан туриб, жаннатга кираверамиз, деб ҳисоблайсизми?!Alauddin Mansour: (Ey moʻminlar), yoki Alloh sizlarning ichingizdan kim haq yoʻlda kurashgan-u, kim sabr-toqat qilganini mutlaqo bilmay turib jannatga kiramiz, deb oʻyladingizmi?!(Эй мўминлар), ёки Аллоҳ сизларнинг ичингиздан ким ҳақ йўлда курашган-у, ким сабр-тоқат қилганини мутлақо билмай туриб жаннатга кирамиз, деб ўйладингизми?!

68-sahifa · 4-juz · 7-hizb68-саҳифа · 4-жуз · 7-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَمْyokiёкиحَسِبْتُمْhisoblaysizmiҳисоблайсизмиأَن-ki-киتَدْخُلُوا۟kirasizкирасизٱلْجَنَّةَjannatgaжаннатгаوَلَمَّاva hali emasва ҳали эмасيَعْلَمِbildiбилдиٱللَّهُAllohАллоҳٱلَّذِينَularniуларниجَـٰهَدُوا۟jihod qilganжиҳод қилганمِنكُمْsizlardanсизларданوَيَعْلَمَva bildiва билдиٱلصَّـٰبِرِينَsabrlilarniсабрлиларни
TafsirТафсир

Alloh taolo ushbu oyatda musulmonlarning gʻalaba va magʻlubiyat, mukofot va jazo haqidagi tasavvurlarini toʻgʻrilamoqda. Oliy maqsadlarga, jannatga erishish oson emasligini bayon qilmoqda. Ha, albatta, bu yoʻl qiyinchilik va mashaqqatlarga toʻla. Maqsadga erishish uchun jihod qilish, oʻzidagi hamma imkoniyatlarni oxirigacha ishga solish kerak. Demak, jihodning oʻzi kifoya qilmaydi. Balki, sabr ham lozim. Sabr gʻalabaga erishgandan soʻng oʻz burchini ado etish vaqtida ham zarur. Shuning uchun, hech boʻshashmaslik va xafa boʻlmaslik kerak. Haq yoʻlini bilgandan keyin, qanchalik qiyin boʻlmasin, unda sobit qadamlar bilan borish lozim. Baʼzi kishilarning oʻlimi, hatto rahbarlarning oʻlimi ham sizni bu yoʻldan qaytarmasin.