QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят145

وَمَا كَانَ لِنَفْسٍ أَن تَمُوتَ إِلَّا بِإِذْنِ ٱللَّهِ كِتَـٰبًا مُّؤَجَّلًا ۗ وَمَن يُرِدْ ثَوَابَ ٱلدُّنْيَا نُؤْتِهِۦ مِنْهَا وَمَن يُرِدْ ثَوَابَ ٱلْـَٔاخِرَةِ نُؤْتِهِۦ مِنْهَا ۚ وَسَنَجْزِى ٱلشَّـٰكِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Hech bir jon Allohning iznisiz o`lmas. Bu, yozilgan ajaldir. Kim bu dunyoning savobini xohlasa, unga o`shandan berurmiz. Kim oxiratning savobini xohlasa, unga o`shandan berurmiz. Va shukr qiluvchilarni mukofotlarmiz.Ҳеч бир жон Аллоҳнинг изнисиз ўлмас. Бу, ёзилган ажалдир. Ким бу дунёнинг савобини хоҳласа, унга ўшандан берурмиз. Ким охиратнинг савобини хоҳласа, унга ўшандан берурмиз. Ва шукр қилувчиларни мукофотлармиз.Alauddin Mansour: Har bir jon faqat Allohning izni bilan va aniq belgilab qoʻyilgan muddatda oʻladi. Kim dunyo savobini istasa (yaʼni, faqat oʻlja istab jangga kirsa) unga oʻsha istagan narsasini berurmiz. Kim Oxirat savobini istasa, unga-da istagan narsasini berurmiz. Va shukr qilguvchilarni munosib mukofotlaymiz.Ҳар бир жон фақат Аллоҳнинг изни билан ва аниқ белгилаб қўйилган муддатда ўлади. Ким дунё савобини истаса (яъни, фақат ўлжа истаб жангга кирса) унга ўша истаган нарсасини берурмиз. Ким Охират савобини истаса, унга-да истаган нарсасини берурмиз. Ва шукр қилгувчиларни муносиб мукофотлаймиз.

68-sahifa · 4-juz · 7-hizb68-саҳифа · 4-жуз · 7-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva emasва эмасكَانَboʻlurбўлурلِنَفْسٍhech bir jon uchunҳеч бир жон учунأَن-ki-киتَمُوتَoʻlmoqўлмоқإِلَّاmagarмагарبِإِذْنِizni bilanизни биланٱللَّهِAllohningАллоҳнингكِتَـٰبًۭاyozilganёзилганمُّؤَجَّلًۭا ۗbelgilangan ajaldirбелгиланган ажалдирوَمَنva kimва кимيُرِدْxohlasaхоҳласаثَوَابَsavobiniсавобиниٱلدُّنْيَاbu dunyoningбу дунёнингنُؤْتِهِۦunga beramizунга берамизمِنْهَاoʻshandanўшанданوَمَنva kimва кимيُرِدْxohlasaхоҳласаثَوَابَsavobiniсавобиниٱلْـَٔاخِرَةِoxiratningохиратнингنُؤْتِهِۦunga beramizунга берамизمِنْهَا ۚoʻshandanўшанданوَسَنَجْزِىva mukofotlaymizва мукофотлаймизٱلشَّـٰكِرِينَshukr qiluvchilarniшукр қилувчиларни
TafsirТафсир

Sizlar oʻlimdan qoʻrqib, urushni tashlab qochib yuribsizlar. Holbuki, Allohning iznisiz birorta odam oʻlmaydi. Qachonki Alloh jon oluvchi farishtaga izn bergandagina, uning jonini oladi:

«Bu yozilgan ajaldir».

Maʼlum va belgilangan muddatdir. Oʻlim undan avval ham, keyin ham kelmaydi. Balki, aynan belgilangan vaqtda keladi. Shuning uchun, qoʻrqmasdan dushman bilan urushaverishingiz kerak edi. Qoʻrqoqlik ajalni choʻzib yubormaydi. Shijoat ham umrni kamaytirib qoʻymaydi.

Shunday boʻlgandan keyin, hamma oxirat uchun nima tayyorlab qoʻyganiga qarasin. Qilgan amaliga qarab samarasini teradi.

«Kim bu dunyoning savobini xohlasa, unga oʻshandan berurmiz».

Kim bu besh kunlik dunyoning dardida yurgan boʻlsa, iymon yoʻlini tark qilib, hayvon kabi bu dunyo matohlaridan foydalanishni oʻzining oliy maqsadi qilib olgan boʻlsa, unga oʻsha xohlagan narsasi beriladi.

Lekin belgilangan ajalidan ortiq yashay olmaydi. Oxiratiga hech narsa qolmaydi.

«Kim oxiratning savobini xohlasa, unga oʻshandan berurmiz.»

Kimki oliy ufqlarga intilsa, bu besh kunlik dunyoning tor doirasi bilan chegaralanib qolmay, oxiratning cheksiz hayotiga ham intilsa, iymon yoʻlini oʻziga yoʻl tutib, haqiqiy inson boʻlib hayot kechirsa, ushbu hayoti davomida, oxirat savobiga erishishni oʻzining oliy maqsadi qilib olgan boʻlsa, unga oʻsha xohlagan narsasi beriladi. Lekin u ham ajali yetganda oʻladi.

«Va shukr qiluvchilarni mukofotlarmiz.»

Inson zotini ulugʻlagan Allohga shukr qilib, hayvonlik darajasidan insonlik darajasiga koʻtarilib, iymon yoʻlini tutganlarga Allohning munosib mukofotlari boʻladi.

Soʻngra, avvalgi oʻtgan ummatlar shunga oʻxshash holatga tushib qolganlarida oʻzlarini qanday tutganlari misol qilib keltiriladi: