وَكَأَيِّن مِّن نَّبِىٍّ قَـٰتَلَ مَعَهُۥ رِبِّيُّونَ كَثِيرٌ فَمَا وَهَنُوا۟ لِمَآ أَصَابَهُمْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَمَا ضَعُفُوا۟ وَمَا ٱسْتَكَانُوا۟ ۗ وَٱللَّهُ يُحِبُّ ٱلصَّـٰبِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qanchadan-qancha Payg`ambarlar bilan birga ko`plab robboniylar jang qilganlar. Ular Alloh yo`lida yetgan musiybatdan bo`shashmaganlar, zaiflashmaganlar va bo`ysunmaganlar. Alloh sabrlilarni sevadir.Қанчадан-қанча Пайғамбарлар билан бирга кўплаб роббонийлар жанг қилганлар. Улар Аллоҳ йўлида етган мусийбатдан бўшашмаганлар, заифлашмаганлар ва бўйсунмаганлар. Аллоҳ сабрлиларни севадир.Alauddin Mansour: Qanchadan-qancha paygʻambarlar oʻtganki, ular bilan birgalikda koʻpdan-koʻp xudojoʻylar (kofirlarga qarshi) jang qilganlar. Hamda Alloh yoʻlida oʻzlariga yetgan mashaqqatlar sababli sustkashlik-zaiflik qilmaganlar va (kofirlarga) boʻyin egmaganlar. Alloh mana shunday sabr qilguvchilarni sevadi.Қанчадан-қанча пайғамбарлар ўтганки, улар билан биргаликда кўпдан-кўп художўйлар (кофирларга қарши) жанг қилганлар. Ҳамда Аллоҳ йўлида ўзларига етган машаққатлар сабабли сусткашлик-заифлик қилмаганлар ва (кофирларга) бўйин эгмаганлар. Аллоҳ мана шундай сабр қилгувчиларни севади.
Allohning dinini himoya qilib jang qilayotganlar faqat sizlar emas. Balki, sizlardan avval oʻtgan ummatlar orasida ham oʻz Paygʻambarlari bilan birga kofirlarga qarshi jang qilgan robboniylar koʻp boʻlgan. «Robboniy» soʻzi «Robb»ga nisbat boʻlib, Robbil Olamiynga astoydil berilgan, faqat Alloh uchun yashayotgan inson maʼnosini anglatadi. Tafsirchi ulamolarimiz bu soʻzni sabrli, taqvodor, abror ulamolar, deb tushuntirishgan.
«Ular Alloh yoʻlida yetgan musiybatdan boʻshashmaganlar, zaiflashmaganlar va boʻysunmaganlar».
Oʻz Paygʻambarlari bilan birgalikda kofirlarga qarshi jang qilgan robboniylarga ham sizga yetgan kabi musiybatlar yetgan, lekin ular boʻshashmaganlar, zaiflashmaganlar va boʻyinsunib, taslim ham boʻlmaganlar.
Ular Allohning yoʻlida jihod qilishni oʻzlariga sharaf bilganlar va bu oliy maqsad yoʻlida uchragan toʻsiqlarni mardlik bilan yengganlar. Balo-ofatlarga sabr qilganlar.
«Alloh sabrlilarni sevadir.»
Alloh yoʻlida qilayotgan jihodlarida qiyinchiliklarga, balo- ofatlarga sabr qilgan bandalarini Alloh sevadi. Siz ham boʻshashmay, zaiflashmay, boʻyin egmay, sabr ila kurashni davom ettiring.