QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят147

وَمَا كَانَ قَوْلَهُمْ إِلَّآ أَن قَالُوا۟ رَبَّنَا ٱغْفِرْ لَنَا ذُنُوبَنَا وَإِسْرَافَنَا فِىٓ أَمْرِنَا وَثَبِّتْ أَقْدَامَنَا وَٱنصُرْنَا عَلَى ٱلْقَوْمِ ٱلْكَـٰفِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Ey Robbimiz! Bizning gunohlarimiz va ishimizdagi isrofimizni O`zing kechirgin, sobitqadam qilgin va kofir qavmlar ustidan bizga nusrat bergin», degan gapdan o`zga gapni aytmaganlar.Улар: «Эй Роббимиз! Бизнинг гуноҳларимиз ва ишимиздаги исрофимизни Ўзинг кечиргин, собитқадам қилгин ва кофир қавмлар устидан бизга нусрат бергин», деган гапдан ўзга гапни айтмаганлар.Alauddin Mansour: Ularning aytgan gaplari faqat shundan iborat edi: «Parvardigoro, gunohlarimizni va ishlarimizdagi xatolarimizni magʻfirat ayla, (jang maydonida) qadamlarimizni sobit qil va bu kofir qavm ustiga Oʻzing bizni gʻolib qil!»Уларнинг айтган гаплари фақат шундан иборат эди: «Парвардигоро, гуноҳларимизни ва ишларимиздаги хатоларимизни мағфират айла, (жанг майдонида) қадамларимизни собит қил ва бу кофир қавм устига Ўзинг бизни ғолиб қил!»

68-sahifa · 4-juz · 7-hizb68-саҳифа · 4-жуз · 7-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva emasва эмасكَانَboʻldiбўлдиقَوْلَهُمْularning gapiуларнинг гапиإِلَّآmagarмагарأَن-ki-киقَالُوا۟aytdilarайтдиларرَبَّنَاey Robbimizэй Роббимизٱغْفِرْkechirginкечиргинلَنَاbizgaбизгаذُنُوبَنَاgunohlarimizniгуноҳларимизниوَإِسْرَافَنَاva isrofimizniва исрофимизниفِىٓ-dagi-дагиأَمْرِنَاishimizишимизوَثَبِّتْva sobitqadam qilginва собитқадам қилгинأَقْدَامَنَاqadamlarimizniқадамларимизниوَٱنصُرْنَاva bizga nusrat berginва бизга нусрат бергинعَلَىustidanустиданٱلْقَوْمِqavmlarқавмларٱلْكَـٰفِرِينَkofirкофир
TafsirТафсир

Mazkur robboniylar juda ham odobli, haqiqatan oʻzlarini Allohning yoʻliga tikkan kishilar ekanligi ularning ushbu maqomidan ham bilinib turibdi. Ular oʻzlari robboniylik darajasiga erishgan, Allohning yoʻlida Paygʻambarlari bilan birga jang qilib, musiybatga uchragan boʻlishlariga qaramay:

«Ey Robbimiz! Bizning gunohlarimiz va ishimizdagi isrofimizni Oʻzing kechirgin...» deyishmoqda.

Bu hol ularning oʻta kamtar inson ekanliklarini ham koʻrsatadi. Shu bilan birga, Allohning yoʻlidagi jihodlari chogʻida yetgan musiybat sabablarini oʻzlarining gunohlaridan va ishlaridagi kamchiliklardan qidirganlarini koʻrsatadi.

Ular iltijo etar ekanlar:

«...sobitqadam qilgin va kofir qavmlar ustidan bizga nusrat bergin», degan gapdan oʻzga gapni aytmaganlar».

Shubhasiz, yuksak odob namunasidir bu: oʻzlari robboniy boʻlishlariga, Allohning yoʻlida jihod qilib turganlariga qaramay, oʻzlari uchun hech narsa soʻramayotirlar. Bu dunyoning savobini soʻramayaptilar. Hatto oxiratning savobini ham soʻramayaptilar. Balki, Alloh taolodan shu qilayotgan ishlarida sobitqadam qilishni, bardavom etishni soʻramoqdalar. Ular soʻragan yana bir narsa–nusrat. U ham oʻzlari uchun emas, balki kofir qavmlardan ustun boʻlish uchun, iymon kufrdan ustun boʻlishi uchundir.

Natijada, Alloh taolo ularga soʻraganlaridan ortigʻini berdi: