فَـَٔاتَىٰهُمُ ٱللَّهُ ثَوَابَ ٱلدُّنْيَا وَحُسْنَ ثَوَابِ ٱلْـَٔاخِرَةِ ۗ وَٱللَّهُ يُحِبُّ ٱلْمُحْسِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Alloh ularga bu dunyo savobini va oxiratning go`zal savobini berdi. Alloh go`zal amal qiluvchilarni sevadir.Бас, Аллоҳ уларга бу дунё савобини ва охиратнинг гўзал савобини берди. Аллоҳ гўзал амал қилувчиларни севадир.Alauddin Mansour: Bas, Alloh ularga ham bu dunyo savobini (gʻalaba va mol-davlatni) va ham Oxiratdagi goʻzal ajrni (jannatni) ato qildi. Alloh chiroyli amal qilguvchilarni sevadi.Бас, Аллоҳ уларга ҳам бу дунё савобини (ғалаба ва мол-давлатни) ва ҳам Охиратдаги гўзал ажрни (жаннатни) ато қилди. Аллоҳ чиройли амал қилгувчиларни севади.
Alloh taolo hamma narsani bilib, koʻrib turuvchi Zot. Mazkur robboniy bandalarning amallari va yuksak odoblari uchun bu dunyoning narsalaridan dunyo toliblari orzu qilganlaridan ham yaxshirogʻini berdi. Oxirat narsalaridan esa, oxirat toliblari orzu qilganidan ham yaxshirogʻini berdi. Hamda ularni «chiroyli amal qiluvchilar» unvoni ila atadi.
Gʻalaba va magʻlubiyat, hayot va oʻlim, baʼzi kishilarning, jumladan, rahbarlarning oʻlimi va diniy harakatga uning taʼsiri haqidagi notoʻgʻri tushuncha va tasavvurlarni toʻgʻrilash uchun tushirilgan oyatlar shu bilan nihoyasiga yetdi.
Keyingi oyatlarda yana Uhud urushiga, jang maydoniga qaytiladi. Boʻlib oʻtgan hodisalardan vaʼz-nasihat va ibrat olishga targʻib boʻladi. Kofir va munofiqlarning dushmanliklaridan ehtiyot boʻlishga qiziqtiriladi: