QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят149

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِن تُطِيعُوا۟ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ يَرُدُّوكُمْ عَلَىٰٓ أَعْقَـٰبِكُمْ فَتَنقَلِبُوا۟ خَـٰسِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Agar kufr keltirganlarga itoat qilsangiz, orqangizga qaytarurlar. Bas, ziyon ko`rguvchilarga aylanib qolursiz.Эй, иймон келтирганлар! Агар куфр келтирганларга итоат қилсангиз, орқангизга қайтарурлар. Бас, зиён кўргувчиларга айланиб қолурсиз.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, agar kofirlarga itoat qilsangiz, sizlarni ketingizga (kufrga) qaytaradilar. Bas, ziyon koʻrguvchilarga aylanib qolasizlar.Эй мўминлар, агар кофирларга итоат қилсангиз, сизларни кетингизга (куфрга) қайтарадилар. Бас, зиён кўргувчиларга айланиб қоласизлар.

69-sahifa · 4-juz · 7-hizb69-саҳифа · 4-жуз · 7-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَzotlar (ki)зотлар (ки)ءَامَنُوٓا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларإِنagarагарتُطِيعُوا۟itoat qilsangizитоат қилсангизٱلَّذِينَulargaуларгаكَفَرُوا۟kufr keltirganкуфр келтирганيَرُدُّوكُمْsizni qaytarurlarсизни қайтарурларعَلَىٰٓ-ga-гаأَعْقَـٰبِكُمْorqangizgaорқангизгаفَتَنقَلِبُوا۟bas, aylanib qolasizбас, айланиб қоласизخَـٰسِرِينَziyon koʻrguvchilargaзиён кўргувчиларга
TafsirТафсир

Maʼlumki, musulmonlar Uhud gʻazotida qisman magʻlubiyatga uchradilar. Bu ish Madiynai Munavvarada ular bilan birga yashab turgan kofir va munofiqlarga igʻvo uchun katta bahona boʻldi. Badr gʻazotidagi gʻalabadan soʻng, hamma musulmonlarga havas bilan qarab, ular bilan hisob-kitob qiladigan boʻlib qolgan edi. Ammo, Uhuddan keyin barcha ish teskarisiga aylandi. Kofir va munofiqlar musulmonlarga past nazar bilan qaraydigan, ularga nasihat qiladigan va oʻzlaricha «toʻgʻri yoʻl» koʻrsatadigan boʻlib qoldilar.

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, munofiqlar musulmonlarga:

«Agar u haqiqiy Paygʻambar boʻlganida, bu musiybat yetmas edi. Hali ham boʻlsa, qaytinglar», deyishgan.

Shundan koʻrinib turibdiki, kofir va munofiqlar Uhud jangida yetgan musiybatdan musulmonlarni Allohning dinidan qaytarish uchun foydalanishga harakat qilganlar. Shu bois ham, Alloh taolo ushbu oyatda moʻmin bandalariga xitob qilib, kofirlarning gapiga kirmaslikka chaqirmoqda:

«Ey, iymon keltirganlar! Agar kufr keltirganlarga itoat qilsangiz, orqangizga qaytarurlar».

Yaʼni, ularning gapiga kirsangiz, iymon va Islomdan sizni yana kufr va shirkka qaytaradilar.

«Bas, ziyon koʻrguvchilarga aylanib qolursiz».

Iymondan ayrilishdan ham katta ziyon bormi? Islomni tark etib, johiliyatga qaytishdan ham katta ziyon bormi?! Xoʻsh, kofirlarning gapiga kirib, ular tomon qaytishdan maqsad nima–turmushda ulardan yordam va himoya soʻrashmi?