QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят151

سَنُلْقِى فِى قُلُوبِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ٱلرُّعْبَ بِمَآ أَشْرَكُوا۟ بِٱللَّهِ مَا لَمْ يُنَزِّلْ بِهِۦ سُلْطَـٰنًا ۖ وَمَأْوَىٰهُمُ ٱلنَّارُ ۚ وَبِئْسَ مَثْوَى ٱلظَّـٰلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Tezda, kufr keltirganlarning qalbiga, Allohga hujjatsiz narsani shirk keltirganlari uchun, qo`rquvni solurmiz. Ularning qarorgohi do`zaxdir. Zolimlarning joyi qanday ham yomon!Тезда, куфр келтирганларнинг қалбига, Аллоҳга ҳужжатсиз нарсани ширк келтирганлари учун, қўрқувни солурмиз. Уларнинг қароргоҳи дўзахдир. Золимларнинг жойи қандай ҳам ёмон!Alauddin Mansour: (Iloh ekanligiga) hech qanday hujjat-dalil kelmagan narsani (yaʼni, jonsiz butlarni) Allohga sherik qilganlari sababli kofirlarning dillariga qoʻrquv solajakmiz. Ularning borar joylari jahannamdir, zulm qilguvchilarning joylari naqadar yomon joy!(Илоҳ эканлигига) ҳеч қандай ҳужжат-далил келмаган нарсани (яъни, жонсиз бутларни) Аллоҳга шерик қилганлари сабабли кофирларнинг дилларига қўрқув солажакмиз. Уларнинг борар жойлари жаҳаннамдир, зулм қилгувчиларнинг жойлари нақадар ёмон жой!

69-sahifa · 4-juz · 7-hizb69-саҳифа · 4-жуз · 7-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
سَنُلْقِىtezda solamizтезда соламизفِى-ga-гаقُلُوبِqalblarigaқалбларигаٱلَّذِينَkimsalarningкимсаларнингكَفَرُوا۟kufr keltirganкуфр келтирганٱلرُّعْبَqoʻrquvniқўрқувниبِمَآsababli (chunki ular)сабабли (чунки улар)أَشْرَكُوا۟shirk keltirdilarширк келтирдиларبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаمَاnarsaniнарсаниلَمْemasэмасيُنَزِّلْU tushirganУ туширганبِهِۦu haqdaу ҳақдаسُلْطَـٰنًۭا ۖhujjatҳужжатوَمَأْوَىٰهُمُva ularning qarorgohiва уларнинг қароргоҳиٱلنَّارُ ۚdoʻzaxdirдўзахдирوَبِئْسَva qanday ham yomonва қандай ҳам ёмонمَثْوَىjoyiжойиٱلظَّـٰلِمِينَzolimlarningзолимларнинг
TafsirТафсир

Agar moʻminlar haqiqiy iymon egalari boʻlsalar, ular har qachon kofirlar bilan toʻqnashganlarida, Alloh taolo kofirlar qalbiga qoʻrquvni solib qoʻyadi. Chunki, kofirlar hujjatsiz, quvvatsiz, imkonsiz narsalarga tayanadilar. But, sanam, shaxs, tuzum yoki folbinlarni oʻzlariga aqiyda qilib olganlar. Asosi puch boʻlgandan keyin, darrovda oyogʻi qaltirab qolishi turgan gap. Faqat moʻminlar iymonlarida sodiq qolib, oʻzlaridagi haqda mahkam turadilar, bas, Alloh vaʼdasiga vafo qilib, kofirlar qalbiga qoʻrquvni soladi va ular magʻlub boʻladi. Bu ish kofirlarga bu dunyoda kufrlari sababidan yetadigan azoblardan biridir. U dunyoda esa:

«Ularning qarorgohi doʻzaxdir».

Allohga hujjatsiz narsani shirk keltirganlari uchun bu jazoga munosibdirlar.

«Zolimlarning joyi qanday ham yomon!»

Ular shirk keltirishlik bilan juda ham katta zulm qiladilar. Bunday katta va yomon zulm qilganlar, albatta, eng yomon joyga loyiqdirlar.

Imom al-Vohidiy «Asbobun Nuzul» kitobida rivoyat qilishlaricha, Rasululloh alayhissolatu vassalom va sahobalar Uhudda musiybatga uchrab, Madiynai Munavvaraga qaytganlarida baʼzi sahobalar:

«Bu musiybat bizga qayerdan yetdi, Alloh bizga nusratni vaʼda qilgan edi-ku?» deyishganida, quyidagi oyat nozil boʻlgan ekan: