QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят152

وَلَقَدْ صَدَقَكُمُ ٱللَّهُ وَعْدَهُۥٓ إِذْ تَحُسُّونَهُم بِإِذْنِهِۦ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا فَشِلْتُمْ وَتَنَـٰزَعْتُمْ فِى ٱلْأَمْرِ وَعَصَيْتُم مِّنۢ بَعْدِ مَآ أَرَىٰكُم مَّا تُحِبُّونَ ۚ مِنكُم مَّن يُرِيدُ ٱلدُّنْيَا وَمِنكُم مَّن يُرِيدُ ٱلْـَٔاخِرَةَ ۚ ثُمَّ صَرَفَكُمْ عَنْهُمْ لِيَبْتَلِيَكُمْ ۖ وَلَقَدْ عَفَا عَنكُمْ ۗ وَٱللَّهُ ذُو فَضْلٍ عَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Alloh va'dasi ustidan chiqdi. Siz Uning izni bilan ularni qira boshladingiz. Toki zaiflashib, amr haqida ixtilof qilib va siz suygan narsani ko`rsatganidan so`ng, isyon qilguningizcha. Orangizda dunyoni xohlaydigan kimsalar bor va orangizda oxiratni xohlaydigan kimsalar bor. So`ngra, sizlarni imtihon qilish uchun ulardan burdi. Batahqiq, sizni afv etdi. Alloh mo`minlarga fazl egasi bo`lgan Zotdir.Батаҳқиқ, Аллоҳ ваъдаси устидан чиқди. Сиз Унинг изни билан уларни қира бошладингиз. Токи заифлашиб, амр ҳақида ихтилоф қилиб ва сиз суйган нарсани кўрсатганидан сўнг, исён қилгунингизча. Орангизда дунёни хоҳлайдиган кимсалар бор ва орангизда охиратни хоҳлайдиган кимсалар бор. Сўнгра, сизларни имтиҳон қилиш учун улардан бурди. Батаҳқиқ, сизни афв этди. Аллоҳ мўминларга фазл эгаси бўлган Зотдир.Alauddin Mansour: Alloh oʻz vaʼdasining ustidan chiqdi — sizlar Uning izni bilan kofirlarni qira boshladingiz. To sustkashlik qilib, (Paygʻambar alayhis-salotu vas-salomning) amru farmonlari borasida talashib-tortishgan va Alloh sizlar yaxshi koʻrgan narsani (yaʼni, gʻalabani) koʻzingizga koʻrsatib qoʻyganidan keyin paygʻambarning amridan bosh tortgan paytingizgacha (bu ustunliklaringiz davom etdi). Orangizda dunyo istagan kishilar ham, Oxirat istagan kishilar ham bor edi. Soʻngra sizlarni imtihon qilish uchun ularning (ustidan gʻalaba qilish oʻrniga magʻlubiyat tomonga) burib yubordi. Endi gunohlaringizni afv qildi. Alloh iymon egalariga fazlu marhamat sohibi boʻlgan Zotdir.Аллоҳ ўз ваъдасининг устидан чиқди — сизлар Унинг изни билан кофирларни қира бошладингиз. То сусткашлик қилиб, (Пайғамбар алайҳис-салоту вас-саломнинг) амру фармонлари борасида талашиб-тортишган ва Аллоҳ сизлар яхши кўрган нарсани (яъни, ғалабани) кўзингизга кўрсатиб қўйганидан кейин пайғамбарнинг амридан бош тортган пайтингизгача (бу устунликларингиз давом этди). Орангизда дунё истаган кишилар ҳам, Охират истаган кишилар ҳам бор эди. Сўнгра сизларни имтиҳон қилиш учун уларнинг (устидан ғалаба қилиш ўрнига мағлубият томонга) буриб юборди. Энди гуноҳларингизни афв қилди. Аллоҳ иймон эгаларига фазлу марҳамат соҳиби бўлган Зотдир.

69-sahifa · 4-juz · 7-hizb69-саҳифа · 4-жуз · 7-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқصَدَقَكُمُustidan chiqdi (sizlarga)устидан чиқди (сизларга)ٱللَّهُAllohАллоҳوَعْدَهُۥٓvaʼdasiваъдасиإِذْoʻshandaўшандаتَحُسُّونَهُمularni qira boshladingizуларни қира бошладингизبِإِذْنِهِۦ ۖUning izni bilanУнинг изни биланحَتَّىٰٓtokiтокиإِذَاqachonkiқачонкиفَشِلْتُمْzaiflashdingizзаифлашдингизوَتَنَـٰزَعْتُمْva ixtilof qildingizва ихтилоф қилдингизفِىhaqidaҳақидаٱلْأَمْرِamrамрوَعَصَيْتُمva isyon qildingizва исён қилдингизمِّنۢ-dan-данبَعْدِsoʻngсўнгمَآ(shu narsa)(шу нарса)أَرَىٰكُمU sizga koʻrsatdiУ сизга кўрсатдиمَّاnarsaniнарсаниتُحِبُّونَ ۚsiz suyganсиз суйганمِنكُمorangizdaорангиздаمَّنkimsalar borкимсалар борيُرِيدُxohlaydiganхоҳлайдиганٱلدُّنْيَاdunyoniдунёниوَمِنكُمva orangizdaва орангиздаمَّنkimsalar borкимсалар борيُرِيدُxohlaydiganхоҳлайдиганٱلْـَٔاخِرَةَ ۚoxiratniохиратниثُمَّsoʻngraсўнграصَرَفَكُمْsizlarni burdiсизларни бурдиعَنْهُمْulardanуларданلِيَبْتَلِيَكُمْ ۖsizlarni imtihon qilish uchunсизларни имтиҳон қилиш учунوَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқعَفَاafv etdiафв этдиعَنكُمْ ۗsizlarniсизларниوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳذُوegasidirэгасидирفَضْلٍfazlфазлعَلَى-ga-гаٱلْمُؤْمِنِينَmoʻminlargaмўминларга
TafsirТафсир

Paygʻambar alayhissalom jang boshlanishidan oldin musulmonlarga: «Agar sabr qilsalaringiz, nusrat sizlar bilan», deb aytgan edilar. Bu, Alloh taoloning Oʻz Paygʻambari tilidan bergan vaʼdasi edi. Uhud jangi boshlangach, avval boshda:

«Batahqiq, Alloh vaʼdasi ustidan chiqdi. Siz Uning izni bilan ularni qira boshladingiz».

Mushriklar ichida qatl etilganlar koʻpayib ketdi. Ular sarosimaga tushib, tumtaraqay qocha boshladilar. Orqa-oldilariga qaramay, hamma narsani tashlab qochishardi, har kim oʻzi bilan oʻzi boʻlib qoldi. Hattoki, bayroqlari ham qoʻldan tushdi. Bir ayol keskin kelib bayroqni koʻtarmaguncha, hech kim unga qaramadi. Bu hol:

«Toki zaiflashib, amr haqida ixtilof qilib va siz suygan narsani koʻrsatganidan soʻng isyon qilguningizcha» davom etdi.

Kamonchilar mushriklardan qolgan oʻljalarni koʻrib, nafslari zaiflashib, Paygʻambar alayhissalomning: «Joyingizni aslo tark etmang!», degan amri haqida ixtilof qila boshladilar. Baʼzilari: «Mushriklar yengilib boʻldi. Bu yerda nima qilib turibmiz?! Kelinglar, biz ham jang maydoniga kirib, boshqalar qatori oʻljadan olaylik»,–dedilar. Kamonchilarning amiri Abdulloh ibn Jubayr boshliq oʻntacha nafari esa: «Rasululloh alayhissolatu vassalomning amriga xilof qilmanglar!»–dedilar. Va nihoyat, ular suygan narsani, yaʼni, gʻalaba va nusratni Alloh ularga koʻrsatgandan soʻng, isyon qildilar, joylarini tark etib, oʻlja yigʻishga kirishib ketdilar.

Shu payt Xolid ibn Valid boshliq otliq mushriklar ular tashlab ketgan joydan bostirib keldilar va musulmonlar qurshovda qoldilar. Mulohaza qilish lozimki, aslida sustlashgan, ixtilof va isyon qilganlar kamonchilardir. Ular ozchilik boʻlsalar ham, qilgan ishlari hammaga nisbat berilmoqda. Demak, bir guruh odamlardan sodir boʻlgan noqulaylik hammaga taʼsir etar ekan. Shuning uchun, hamma birdek tarbiya qilingan boʻlishi kerak.

Keyingi jumlada mazkur isyonning kelib chiqish sababi bayon qilinmoqda:

«Orangizda dunyoni xohlaydigan kimsalar bor va orangizda oxiratni xohlaydigan kimsalar bor».

«Dunyoni xohlaydigan kimsalar»–joylarini tark etib, oʻlja yigʻishga kirishib ketgan kamonchilar.

«Oxiratni xohlaydigan kimsalar»–joylarida sabot bilan turib jang qilganlar.

Umumiy maʼno shuki: Alloh taolo siz oʻzingiz sustlashib, ixtilof qilib, isyon qilguningizcha vaʼdasining ustidan chiqib turdi, keyin esa, U sanalgan sabablarga koʻra:

«Soʻngra, sizlarni imtihon qilish uchun ulardan burdi».

Yaʼni, sizdan yordamini oldi, ulardan ustun kelishingizni toʻxtatdi. Bu ishni sizni imtihon qilish, sinash uchun qildi. «Sizlarni ulardan burdi», yaʼni, urushib turgan musulmonlar burilib qocha boshladilar.

Uhud jangida gʻolib kelib turgan musulmonlar birdan magʻlubiyatga uchrashlari isyon, sustkashlik va Paygʻambar alayhissalomning amrlariga xilof qilish oqibatida yuzaga keldi. Holbuki, Badr gʻazotida musulmonlar sonlari, qurollari oz boʻlsa ham gʻolib kelgan edilar. Bu esa, oʻz navbatida, Allohning moʻminlarga nusrat berishga vaʼdasi moʻminlarning Allohning amriga toʻliq amal qilishlariga bogʻliq ekanligini koʻrsatadi.

«Batahqiq, sizni afv etdi.»

Bas, Alloh taolo sizning sustkashligingizni, zaifligingizni va isyoningizni afv etdi.

«Alloh moʻminlarga fazl egasi boʻlgan Zotdir.»

Ularning gunohlarini kechishi ham U Zotning fazlidandir.