QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят153

۞ إِذْ تُصْعِدُونَ وَلَا تَلْوُۥنَ عَلَىٰٓ أَحَدٍ وَٱلرَّسُولُ يَدْعُوكُمْ فِىٓ أُخْرَىٰكُمْ فَأَثَـٰبَكُمْ غَمًّۢا بِغَمٍّ لِّكَيْلَا تَحْزَنُوا۟ عَلَىٰ مَا فَاتَكُمْ وَلَا مَآ أَصَـٰبَكُمْ ۗ وَٱللَّهُ خَبِيرٌۢ بِمَا تَعْمَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Payg`ambar ortingizdan chaqirib tursa ham hech kimga qaramay tirqirab qochganingizni eslang. O`tgan narsaga va yetgan musiybatga xafa bo`lmasligingiz uchun sizga g`am ustiga g`am berdi. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardor Zotdir.Пайғамбар ортингиздан чақириб турса ҳам ҳеч кимга қарамай тирқираб қочганингизни эсланг. Ўтган нарсага ва етган мусийбатга хафа бўлмаслигингиз учун сизга ғам устига ғам берди. Аллоҳ қилаётган амалларингиздан хабардор Зотдир.Alauddin Mansour: (Ey moʻminlar), hech kimga boqmay (jang maydonidan) chiqib ketgan paytingizni eslang! Holbuki paygʻambar ortingizda sizlarni chorlamoqda edi. Bas (gʻalaba, oʻljalar yangligʻ) sizlardan ketgan narsalarga va (magʻlubiyat, qurbonlar kabi) sizlarga yetgan narsalarga xafa-gʻamgin boʻlmasliklaringiz uchun Alloh sizlarga gʻam ustiga gʻam berdi. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.(Эй мўминлар), ҳеч кимга боқмай (жанг майдонидан) чиқиб кетган пайтингизни эсланг! Ҳолбуки пайғамбар ортингизда сизларни чорламоқда эди. Бас (ғалаба, ўлжалар янглиғ) сизлардан кетган нарсаларга ва (мағлубият, қурбонлар каби) сизларга етган нарсаларга хафа-ғамгин бўлмасликларингиз учун Аллоҳ сизларга ғам устига ғам берди. Аллоҳ қилаётган амалларингиздан хабардордир.

69-sahifa · 4-juz · 7-hizb69-саҳифа · 4-жуз · 7-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ إِذْeslang, oʻshandaэсланг, ўшандаتُصْعِدُونَtirqirab qochardingizтирқираб қочардингизوَلَاva emasва эмасتَلْوُۥنَqarardingizқарардингизعَلَىٰٓ-ga-гаأَحَدٍۢhech kimgaҳеч кимгаوَٱلرَّسُولُva Paygʻambarва Пайғамбарيَدْعُوكُمْsizni chaqirib tursa hamсизни чақириб турса ҳамفِىٓ-dan-данأُخْرَىٰكُمْortingizdanортингизданفَأَثَـٰبَكُمْbas, sizga berdiбас, сизга бердиغَمًّۢاgʻamғамبِغَمٍّۢgʻam ustigaғам устигаلِّكَيْلَاtoki emasтоки эмасتَحْزَنُوا۟xafa boʻlmasligingiz uchunхафа бўлмаслигингиз учунعَلَىٰ-ga-гаمَاnarsagaнарсагаفَاتَكُمْsizdan oʻtganсиздан ўтганوَلَاva emasва эмасمَآnarsagaнарсагаأَصَـٰبَكُمْ ۗsizga yetgan (musibat)сизга етган (мусибат)وَٱللَّهُva Allohва Аллоҳخَبِيرٌۢxabardor zotdirхабардор зотдирبِمَاnarsadanнарсаданتَعْمَلُونَqilayotgan amallaringizқилаётган амалларингиз
TafsirТафсир

Qurshovda qolgan musulmonlar hech kimga qaramay, hatto Paygʻambar alayhissalomga ham qaramay qocha boshladilar. Oʻsha paytda ularning orqasidan Paygʻambar alayhissalom: «Allohning bandalari men tomonga, Allohning bandalari men tomonga!!! Men Allohning Rasuliman!!! Kim qayta hujum qilsa, unga jannat bor!!!» deb qichqirar edilar.

«Oʻtgan narsaga va yetgan musiybatga xafa boʻlmasligingiz uchun sizga gʻam ustiga gʻam berdi.»

Alloh taolo Uhud urushida sizga gʻam ustiga gʻam berdi. Avvalo jarohat yetdi; koʻpchilik qatl boʻldi; mushriklardan magʻlub boʻldilar; oʻljadan quruq qoldilar; gʻalabani qoʻldan chiqardilar va eng ulkan gʻam–Rasulullohni ogʻir holda tashlab qochishlari va u zotning boshlari yorilib, tishlari sinib, yonoqlariga temir halqalarning kirishi boʻldi. Mana shu oxirgi gʻam hamma oʻtgan narsalarni va yetgan musiybatlarni unutdirib yubordi.

«Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.»

Undan hech narsa maxfiy qolmaydi. Demak, doimo Unga toat qiling. Unga isyondan doimo hazar qiling.

Alloh moʻmin bandalariga doimo mehribondir. Shuning uchun ham, ulardan beodoblik, isyon sodir boʻlsa ham: