إِنَّ ٱلَّذِينَ تَوَلَّوْا۟ مِنكُمْ يَوْمَ ٱلْتَقَى ٱلْجَمْعَانِ إِنَّمَا ٱسْتَزَلَّهُمُ ٱلشَّيْطَـٰنُ بِبَعْضِ مَا كَسَبُوا۟ ۖ وَلَقَدْ عَفَا ٱللَّهُ عَنْهُمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ حَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ikki to`p to`qnashgan kuni sizlardan yuz o`girib qochganlarni ba'zi qilgan ishlari tufayli shayton yo`ldan urdi, xolos. Batahqiq, Alloh ularni afv qildi. Albatta, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.Икки тўп тўқнашган куни сизлардан юз ўгириб қочганларни баъзи қилган ишлари туфайли шайтон йўлдан урди, холос. Батаҳқиқ, Аллоҳ уларни афв қилди. Албатта, Аллоҳ мағфиратли ва раҳимли Зотдир.Alauddin Mansour: Ikki jamoat toʻqnashgan kuni sizlarning ichingizdan boʻlgan (urush maydonidan) qochgan kishilarni faqat shaytonning oʻzi qilgan ayrim gunohlari sababli yoʻldan ozdirdi. Endi Alloh ularning gunohlarini afv etdi. Albatta, Alloh magʻfiratli, halim Zotdir.Икки жамоат тўқнашган куни сизларнинг ичингиздан бўлган (уруш майдонидан) қочган кишиларни фақат шайтоннинг ўзи қилган айрим гуноҳлари сабабли йўлдан оздирди. Энди Аллоҳ уларнинг гуноҳларини афв этди. Албатта, Аллоҳ мағфиратли, ҳалим Зотдир.
«Ikki toʻp toʻqnashgan kuni»– Uhud urushi kechgan kundir. Odamda ozgina ishonchsizlik boʻlsa, qalbiga vasvasa tushadi. Gunoh qiladi. Oqibatda, shayton uni yoʻldan ozdiradi. Uhud urushida ham shunday boʻldi. Baʼzi musulmonlarni shayton yoʻldan urdi. Ular qoʻrqoqlik qilib, ortga qarab qochdilar. Lekin Alloh taolo magʻfiratli Zot– ularni afv qildi. Gunohlarini kechdi.