وَلَئِن قُتِلْتُمْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ أَوْ مُتُّمْ لَمَغْفِرَةٌ مِّنَ ٱللَّهِ وَرَحْمَةٌ خَيْرٌ مِّمَّا يَجْمَعُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Garchi Alloh yo`lida qatl qilinsangiz ham yoki o`lsangiz ham, Allohdan bo`ladigan mag`firat va rahmat ular jamlaydigan narsadan yaxshidir.Гарчи Аллоҳ йўлида қатл қилинсангиз ҳам ёки ўлсангиз ҳам, Аллоҳдан бўладиган мағфират ва раҳмат улар жамлайдиган нарсадан яхшидир.Alauddin Mansour: Qasamki, agar Alloh yoʻlida oʻldirilsangizlar yoki oʻlsangizlar, albatta Alloh tomonidan boʻlgʻusi magʻfirat va rahmat ular (yaʼni, munofiq, kofirlar) toʻplagan dunyodan yaxshiroqdir.Қасамки, агар Аллоҳ йўлида ўлдирилсангизлар ёки ўлсангизлар, албатта Аллоҳ томонидан бўлғуси мағфират ва раҳмат улар (яъни, мунофиқ, кофирлар) тўплаган дунёдан яхшироқдир.
Kofir va munofiqlar oʻlimdan buncha qoʻrqadilar? Oʻlimdan qutulib qolib, bu dunyoning matohini yigʻmoqchidirlar. Ular oʻlimga chap berib, mol-dunyo, boylik, mansab va boshqa narsalarni yigʻdilarmi? Buning nimasi yaxshi? Holbuki, Allohning yoʻlida qatl etilish yoki oʻlish katta baxtu saodat-ku! Chunki, bunday oʻlim topganlarga boʻladigan Allohning magʻfirati va rahmati kofir va munofiqlar toʻplaydigan hamma narsadan yaxshiroqdir!
Qolaversa, hamma–jihodga chiqib gʻazotda shahid boʻlganlar ham, urushdan qochib uyida oʻtirganlar ham oqibatda Allohning huzurida yigʻiladilar!
Hammaning boradigan joyi bir. Demak, farq eʼtiqodga, amalga qarab boʻladi. Shuning uchun ham, kofir va munofiqlarning qilgan ishlari va «agar bizning huzurimizda boʻlganlarida, oʻlmas edilar va qatl qilinmas edilar», deyishlari mutlaqo notoʻgʻri. Ey, ahli iymonlar, sizlar ularga hech-hech oʻxshamanglar!
Kelasi oyatlarda Paygʻambar alayhissolatu vassalomning shaxslari va paygʻambarliklari haqida, bu narsalarning musulmonlarga xayri-barakasi haqida, undan musulmonlar oʻz hayotlarida qanday foydalanishlari lozimligi xususida soʻz ketadi. Bularning hammasi Uhud urushi mavzui doirasida boʻladi.