QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят158

وَلَئِن مُّتُّمْ أَوْ قُتِلْتُمْ لَإِلَى ٱللَّهِ تُحْشَرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Garchi o`lsangiz ham yoki qatl qilinsangiz ham, albatta, Alloh huzurida yig`ilursiz.Гарчи ўлсангиз ҳам ёки қатл қилинсангиз ҳам, албатта, Аллоҳ ҳузурида йиғилурсиз.Alauddin Mansour: Qasamki, agar oʻlsangiz ham, oʻldirilsangiz ham, albatta Alloh huzuriga toʻplanajaksiz.Қасамки, агар ўлсангиз ҳам, ўлдирилсангиз ҳам, албатта Аллоҳ ҳузурига тўпланажаксиз.

71-sahifa · 4-juz · 7-hizb71-саҳифа · 4-жуз · 7-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَئِنva garchi agarва гарчи агарمُّتُّمْoʻlsangizўлсангизأَوْyokiёкиقُتِلْتُمْqatl qilinsangizқатл қилинсангизلَإِلَىalbatta huzurigaалбатта ҳузуригаٱللَّهِAllohАллоҳتُحْشَرُونَyigʻilursizйиғилурсиз
TafsirТафсир

Kofir va munofiqlar oʻlimdan buncha qoʻrqadilar? Oʻlimdan qutulib qolib, bu dunyoning matohini yigʻmoqchidirlar. Ular oʻlimga chap berib, mol-dunyo, boylik, mansab va boshqa narsalarni yigʻdilarmi? Buning nimasi yaxshi? Holbuki, Allohning yoʻlida qatl etilish yoki oʻlish katta baxtu saodat-ku! Chunki, bunday oʻlim topganlarga boʻladigan Allohning magʻfirati va rahmati kofir va munofiqlar toʻplaydigan hamma narsadan yaxshiroqdir!

Qolaversa, hamma–jihodga chiqib gʻazotda shahid boʻlganlar ham, urushdan qochib uyida oʻtirganlar ham oqibatda Allohning huzurida yigʻiladilar!

Hammaning boradigan joyi bir. Demak, farq eʼtiqodga, amalga qarab boʻladi. Shuning uchun ham, kofir va munofiqlarning qilgan ishlari va «agar bizning huzurimizda boʻlganlarida, oʻlmas edilar va qatl qilinmas edilar», deyishlari mutlaqo notoʻgʻri. Ey, ahli iymonlar, sizlar ularga hech-hech oʻxshamanglar!

Kelasi oyatlarda Paygʻambar alayhissolatu vassalomning shaxslari va paygʻambarliklari haqida, bu narsalarning musulmonlarga xayri-barakasi haqida, undan musulmonlar oʻz hayotlarida qanday foydalanishlari lozimligi xususida soʻz ketadi. Bularning hammasi Uhud urushi mavzui doirasida boʻladi.