فَبِمَا رَحْمَةٍ مِّنَ ٱللَّهِ لِنتَ لَهُمْ ۖ وَلَوْ كُنتَ فَظًّا غَلِيظَ ٱلْقَلْبِ لَٱنفَضُّوا۟ مِنْ حَوْلِكَ ۖ فَٱعْفُ عَنْهُمْ وَٱسْتَغْفِرْ لَهُمْ وَشَاوِرْهُمْ فِى ٱلْأَمْرِ ۖ فَإِذَا عَزَمْتَ فَتَوَكَّلْ عَلَى ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلْمُتَوَكِّلِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohning rahmati ila ularga muloyim bo`lding. Agar qo`pol, qalbi qattiq bo`lganingda, atrofingdan tarqab ketar edilar. Bas, ularni afv et. Ularga istig`for ayt va ular bilan ishlarda mashvarat qil. Azmu qaror qilganingdan so`ng Allohga tavakkal qil. Albatta, Alloh tavakkal qiluvchilarni sevadir.Аллоҳнинг раҳмати ила уларга мулойим бўлдинг. Агар қўпол, қалби қаттиқ бўлганингда, атрофингдан тарқаб кетар эдилар. Бас, уларни афв эт. Уларга истиғфор айт ва улар билан ишларда машварат қил. Азму қарор қилганингдан сўнг Аллоҳга таваккал қил. Албатта, Аллоҳ таваккал қилувчиларни севадир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Alloh tomonidan boʻlgan bir marhamat sababli ularga (sahobalaringizga) yumshoq soʻzli boʻldingiz. Agar qoʻpol, qattiq dil boʻlganingizda edi, albatta atrofingizdan tarqalib ketgan boʻlar edilar. Bas, ularni afv eting, ular uchun Allohdan magʻfirat soʻrang va ishlaringizda ularga maslahat soling! Endi (maslahat qilgach, biron ishni) qasd qilsangiz, Allohga suyaning-tavakkal qiling! Albatta, Alloh Oʻziga tavakkal qiluvchilarni sevadi.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Аллоҳ томонидан бўлган бир марҳамат сабабли уларга (саҳобаларингизга) юмшоқ сўзли бўлдингиз. Агар қўпол, қаттиқ дил бўлганингизда эди, албатта атрофингиздан тарқалиб кетган бўлар эдилар. Бас, уларни афв этинг, улар учун Аллоҳдан мағфират сўранг ва ишларингизда уларга маслаҳат солинг! Энди (маслаҳат қилгач, бирон ишни) қасд қилсангиз, Аллоҳга суянинг-таваккал қилинг! Албатта, Аллоҳ Ўзига таваккал қилувчиларни севади.
Maʼlumki, Uhud gʻazotida musulmonlar askarining uchdan biri yoʻldan orqasiga qaytib ketdi. Bundan avval Paygʻambarimiz alayhissalomning gaplariga kirmay, Madiynada qolmasdan, Uhudga chiqishga majbur qilishgan edi. Soʻngra, kamonchilar Paygʻambarimiz alayhissalomning amrlarini buzishdi, gʻanimatni koʻrib, nafslarining soʻziga kirishdi. Paygʻambar alayhissalom oʻldi, degan yolgʻon xabar tarqalganda esa, sustlashib, hech kimga qaramay, mushrik dushmanlar ichida Paygʻambar alayhissalomni yolgʻiz tashlab qochib qolishdi. Natijada, u kishiga qattiq jarohatlar yetdi.
Bu ishlar Paygʻambar alayhissalomning qalblarida ularga nisbatan biror asorat qoldirgan boʻlishi mumkin. Shu bois, ushbu oyati karima u zoti bobarakotning koʻngillarini koʻtaryapti. Ayni chogʻda, musulmonlarga ham bu zot ularga Alloh tomonidan berilgan ulugʻ neʼmat ekanligini bayon qilyapti.
«Allohning rahmati ila ularga muloyim boʻlding. Agar qoʻpol, qalbi qattiq boʻlganingda, atrofingdan tarqab ketar edilar.»
Demak, Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamning moʻmin- musulmonlarga muloyim boʻlishlari oʻzlari uchun ham, ummatlari uchun ham Allohning rahmati ekan. Muloyim, shirin soʻz boʻlish katta baxt hisoblanadi. Chunki, odamlar bir ogʻiz boʻlsa ham, yaxshi soʻzning gadosi. Kishi yaxshi soʻz eshitgan joyiga, muloyim muomala koʻrgan shaxsiga mehr qoʻyadi. Oʻsha yerda, oʻsha shaxs atrofida toʻplanadi. Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomning sifatlari bu jihatdan eng oliy edi. U zoti bobarakotning eng jozibadorlik kuchlari ham shunda edi. Agar u kishi qoʻpol va qalbi qattiq boʻlganlarida, atroflarida hech kim qolmay, tarqab ketar edi. Lekin shunday Paygʻambarni, yoʻlboshchini Uhud gʻazoti kuni yolgʻiz tashlab qochishlari qiziq boʻldi. Mayli, halimlik, mulo-yimlik va qalbi kenglik hech qachon zarar bermagan.
«Bas, ularni afv et. Ularga istigʻfor ayt».
Alloh taolo ushbu amr ila Paygʻambar alayhissalomni qalbi kenglikda, muloyimlikda–kishilarni atroflarida jamlovchi oliy sifatlarda bardavom boʻlishga chaqirib, ayblar oʻtgan boʻlsa ham, musulmonlarni afv etishga buyurmoqda. Hamda menga istigʻfor aytib, ularning gunohlarini oʻtishimni soʻra, demoqda.
«...va ular bilan ishlarda mashvarat qil.»
Yaʼni, Uhud urushidan oldingi shoʻroning gapiga amal qilib, noqulay holatda qolganliging toʻsiq boʻlmasin, bundan keyingi ishlarda ham ular bilan maslahat–mashvarat qilib ish olib bor.
Ushbu oyat hukm yuritishda, Islom nuqtai nazaridan, shoʻroning– koʻpchilikning fikrini olish, unga amal qilishga asos boʻlgan oyatlardan biri hisoblanadi.
«Azmu qaror qilganingdan soʻng Allohga tavakkal qil».
Shoʻro majlisida bir qarorga kelindimi, oʻsha fikrga amal qilishga kelishildimi, demak, endi azmu qarorni mahkam qilib, qarorni hayotga tatbiq etishga oʻtish kerak. Qaror qabul etilgach, shoʻroning vazifasi tugaydi. Endi ishni amalga oshirishda Alloh taologa tavakkal qilish kerak. Bu qoidaga Paygʻambarimiz alayhissolatu vassalom Uhud gʻazotida aynan rioya etdilar. Avvalo, oʻz fikrlariga zid boʻlsa ham, shoʻrodagi koʻpchilikning maslahatiga koʻndilar. Koʻnib, shunga azmu qaror qilganlaridan soʻng, haligi koʻpchilik oʻz fikridan qaytsalar ham, Paygʻambar alayhissalom qaytmadilar. Allohga tavakkal qildilar. Ishning oqibati yaxshi boʻlmasligi maʼlum edi, ammo shoʻroning qaroriga qanday munosabatda boʻlish lozimligi toʻgʻrisida dars berish uchun shunday qildilar.
«Albatta, Alloh tavakkal qiluvchilarni sevadir.»
Allohga tavakkal qilishlik ulugʻ sifat. Ammo, tavakkal, Alloh iroda qilganidek, toʻgʻri holda boʻlishi kerak. Baʼzi kishilar tavakkalni notoʻgʻri tasavvur etadilar. Oʻylamay, chora-tadbir koʻrmay, sabablarini axtarmay, koʻr-koʻrona harakatni «tavakkal» deb tushunuvchilar koʻp. Bu mutlaqo notoʻgʻri tushunchadir. Masalan, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning Uhud urushida qilgan tavakkallarini olib koʻraylik. Mushriklar askar tortib Uhudga yetib kelganlarini eshitishlari bilan tezda musulmonlarni yigʻib, shoʻro majlisi oʻtkazdilar. Shoʻro qabul etgan qarorga oʻzlari birinchi boʻlib amal qilib, Hujrai Saodatga kirib, ustma-ust ikkita sovut kiyib chiqdilar. Eʼtibor bering-a: Allohga tavakkal qiluvchilarning eng ulugʻi, birinchisi boʻlgan Muhammad alayhissolatu vassalom urushga ketayotganlari eʼtiboridan bir emas, ikkita sovut kiyib chiqdilar! Odamlarni jihodga qattiq targʻib qildilar. Manzilga tezroq, osonroq va tinchroq eltuvchi yoʻlni biladigan odamni topib, unga yoʻl boshlashni topshirdilar. Yetib borgandan keyin ham, dushmanning holini, kuch-quvvatini yaxshilab hisob-kitob qildilar. Soʻngra, oʻz jangchilari bilan birma-bir tanishib, hammani joy-joyiga qoʻydilar. Oʻng qanot va chap qanotlarda kimlar boʻlishini belgilab, ularga amir tayinladilar. Orqaning himoyasiga Abdulloh ibn Jubayr roziyallohu anhu boshchiligidagi kamonchilarni qoʻydilar. Xullasi kalom, urushga zarur boʻlgan chora-tadbirlarni keragidan ham ortiqroq koʻrib qoʻydilarki, hatto hozirgi zamon harbiy mutaxassislari ham bu ishlardan hayratda yoqa ushlamoqdalar. Ammo, Allohga tavakkal bu ishlardan ayri emas, balki barchasini bogʻlab turgan bir ipdir, barchasini harakatga keltirgan bir kuchdir. Har bir ishda, chora-tadbirda Allohni vakil deb eʼtiqod qildilar. Agar qalbda vakillik maʼnosida, nusrat kutish maʼnosida sal boʻlsa-da Allohdan boshqa tomonga moyillik sezilsa, uni Allohga tavakkal deb boʻlmaydi. Afsuski, koʻpchilik tavakkalni dangasalikka, chora koʻrmay kutib yotsa ham ish oʻzi boʻlaveradi, degan tushunchalarga aylantirib olishgan.
Keyingi oyat Allohga tavakkal qilishning haqiqatini bayon etishda davom etadi: