QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят160

إِن يَنصُرْكُمُ ٱللَّهُ فَلَا غَالِبَ لَكُمْ ۖ وَإِن يَخْذُلْكُمْ فَمَن ذَا ٱلَّذِى يَنصُرُكُم مِّنۢ بَعْدِهِۦ ۗ وَعَلَى ٱللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ ٱلْمُؤْمِنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar sizga Alloh nusrat bersa, sizdan g`olib keluvchi yo`q. Agar sizni tashlab qo`ysa, Undan o`zga kim ham yordam berar edi. Mo`minlar faqat Allohgagina tavakkal qilsinlar.Агар сизга Аллоҳ нусрат берса, сиздан ғолиб келувчи йўқ. Агар сизни ташлаб қўйса, Ундан ўзга ким ҳам ёрдам берар эди. Мўминлар фақат Аллоҳгагина таваккал қилсинлар.Alauddin Mansour: Agar sizlarga Alloh yor boʻlsa, hech kim sizlardan gʻolib boʻlmas. Va agar sizlarni yordamsiz qoʻysa, Undan oʻzga hech bir zot yordamchi boʻlmas. Iymon keltirgan zotlar Allohning Oʻzigagina tavakkal qilsinlar!Агар сизларга Аллоҳ ёр бўлса, ҳеч ким сизлардан ғолиб бўлмас. Ва агар сизларни ёрдамсиз қўйса, Ундан ўзга ҳеч бир зот ёрдамчи бўлмас. Иймон келтирган зотлар Аллоҳнинг Ўзигагина таваккал қилсинлар!

71-sahifa · 4-juz · 7-hizb71-саҳифа · 4-жуз · 7-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنagarагарيَنصُرْكُمُsizga nusrat bersaсизга нусрат берсаٱللَّهُAllohАллоҳفَلَاbas, yoʻqбас, йўқغَالِبَgʻolib keluvchiғолиб келувчиلَكُمْ ۖsizdanсизданوَإِنva agarва агарيَخْذُلْكُمْsizni tashlab qoʻysaсизни ташлаб қўйсаفَمَنbas, kimбас, кимذَاoʻshaўшаٱلَّذِىkimsaкимсаيَنصُرُكُمsizga yordam berarсизга ёрдам берарمِّنۢ-dan-данبَعْدِهِۦ ۗUndan keyin (oʻzga)Ундан кейин (ўзга)وَعَلَىva -gaва -гаٱللَّهِAllohgaginaАллоҳгагинаفَلْيَتَوَكَّلِtavakkal qilsinlarтаваккал қилсинларٱلْمُؤْمِنُونَmoʻminlarмўминлар
TafsirТафсир

Islomiy tasavvur boʻyicha, hamma narsa Allohning irodasi va belgilagan taqdiri bilan boʻladi. Bu taqdir esa, yer yuzida insonning faoliyati orqali yuzaga chiqadi. Alloh taolo har bir ishni oʻz sababi bilan yaratgan. Sabab vujudga kelsa, natijaga erishiladi. Bu hol hadeb takrorlanaverganidan, odamlar natijaga erishish uchun asosiy omil uning sababini vujudga keltirish, deb oʻylaydigan boʻlib qolganlar. Lekin oʻzlarining ham, sabablarning ham xoliqi Alloh taolo ekanini esdan chiqarib qoʻyganlar. Aslida esa, hamma narsa Allohning irodasi va xohishi bilan boʻladi. Ushbu oyatda bu haqiqat urush, jang misolida bayon qilinmoqda:

«Agar sizga Alloh nusrat bersa, sizdan gʻolib keluvchi yoʻq».

Urushda gʻalaba qozonishning asosiy omili–Allohning nusratidir. Urushda gʻolib chiqish uchun zarur choralarni koʻrgan taraf «Biz chorani koʻrib qoʻydik, albatta, gʻolib boʻlamiz» degan gʻururga ketib qolmasligi kerak. Bizdan talab qilingan choralarni koʻrib qoʻydik, endi Allohga tavakkal qilib urushamiz va Alloh nusrat bersa, gʻolib kelamiz, degan eʼtiqodda boʻlishi kerak.

«Agar sizni tashlab qoʻysa, Undan oʻzga kim ham yordam berar edi.»

Bunday boʻlishidan Alloh Oʻzi saqlasin.

«Moʻminlar faqat Allohgagina tavakkal qilsinlar.»

Ana oʻshandagina ular Allohdan oʻzga birovdan biron narsa umid qilish dardidan xalos boʻladilar.

Keyingi oyatda Paygʻambarlik axloqlari haqidagi zikrga qaytiladi: