QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят161

وَمَا كَانَ لِنَبِىٍّ أَن يَغُلَّ ۚ وَمَن يَغْلُلْ يَأْتِ بِمَا غَلَّ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ ۚ ثُمَّ تُوَفَّىٰ كُلُّ نَفْسٍ مَّا كَسَبَتْ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Payg`ambarga xiyonat hech to`g`ri kelmas. Kimki xiyonat qilsa, qiyomat kuni xiyonat qilib olgan narsasi bilan keladir. So`ngra, har bir jon kasbiga yarasha to`liq oladir. Ularga zulm qilinmas.Пайғамбарга хиёнат ҳеч тўғри келмас. Кимки хиёнат қилса, қиёмат куни хиёнат қилиб олган нарсаси билан келадир. Сўнгра, ҳар бир жон касбига яраша тўлиқ оладир. Уларга зулм қилинмас.Alauddin Mansour: Hech bir paygʻambar uchun (urushdan tushgan oʻljalarga) xiyonat qilish joiz emas. Kim xiyonat qilsa, Qiyomat Kunida (Allohning huzuriga) qilgan xiyonati bilan birga kelur. Soʻngra har bir jon mazlum boʻlmagan holida qilgan amaliga komil jazo olgʻay.Ҳеч бир пайғамбар учун (урушдан тушган ўлжаларга) хиёнат қилиш жоиз эмас. Ким хиёнат қилса, Қиёмат Кунида (Аллоҳнинг ҳузурига) қилган хиёнати билан бирга келур. Сўнгра ҳар бир жон мазлум бўлмаган ҳолида қилган амалига комил жазо олғай.

71-sahifa · 4-juz · 7-hizb71-саҳифа · 4-жуз · 7-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva emasва эмасكَانَtoʻgʻri keladiтўғри келадиلِنَبِىٍّPaygʻambargaПайғамбаргаأَن-ishi-ишиيَغُلَّ ۚxiyonat qilmoqхиёнат қилмоқوَمَنva kimkiва кимкиيَغْلُلْxiyonat qilsaхиёнат қилсаيَأْتِkeladiкеладиبِمَاnarsa bilanнарса биланغَلَّxiyonat qilib olganхиёнат қилиб олганيَوْمَkuniкуниٱلْقِيَـٰمَةِ ۚqiyomatқиёматثُمَّsoʻngraсўнграتُوَفَّىٰtoʻliq oladiтўлиқ оладиكُلُّhar birҳар бирنَفْسٍۢjonжонمَّاnarsagaнарсагаكَسَبَتْkasb qilganiga yarashaкасб қилганига ярашаوَهُمْva ularва уларلَاemasэмасيُظْلَمُونَzulm qilinadilarзулм қилинадилар
TafsirТафсир

Oyati karimada «xiyonat» deb tarjima qilgan soʻzimiz «gʻull», «gʻalul» soʻzlaridan olingan feʼl sifatida kelgan. Bu esa, urushda tushgan oʻljadan maxfiy ravishda, berkitib olishni bildiradi.

Birinchi marta musulmonlar Badr urushida oʻlja oldilar. Oʻsha oʻlja haqida munofiqlar igʻvo tarqatishdi. Bu igʻvolar orasida shunday yolgʻon xabar ham bor ediki, u boʻxtonga koʻra, goʻyo Paygʻambarimiz alayhissalom oʻljalarni gʻalul sifatida, yaʼni, maxfiy ravishda, berkitib olganmishlar. Jumladan, Badr urushida tushgan oʻljadan bir toʻp oltin yoʻqolganida ham Paygʻambar alayhissalomni ayblashdi, u kishidan gumon qilishdi. Uhud urushida esa, kamonchilarning joylarini tashlab ketishlariga oʻlja dardi sabab boʻlgan edi. Ular «Hozir olib qolmasak, keyin Paygʻambar alayhissalom bizga bermay qoʻyadilar», deb oʻylashgan edi. Ushbu oyatda mazkur tuhmatomuz shubha-gumonlar juda keskinlik ila rad etilmoqda. Nafaqat Muhammad alayhissalom, balki umuman barcha Paygʻambarlarga xiyonat butkul yot xislat ekani ochiq aytilmoqda:

«Paygʻambarga xiyonat hech toʻgʻri kelmas».

Demak, hech bir Paygʻambarni xiyonatkorlikda ayblab boʻlmaydi, bunga asos yoʻq. Chunki, xiyonat Paygʻambarlik maqomiga va axloqiga mutlaqo ziddir. Umuman, Paygʻambarlardan boshqalar ham oʻlja moldan yashirincha olishga haqlari yoʻq.

«Kimki xiyonat qilsa, qiyomat kuni xiyonat qilib olgan narsasi bilan keladir.»

Albatta, azob-uqubat uchun keladi. Bu holni Paygʻambarimiz alayhissolatu vassalom hadislaridan birida quyidagicha tasvirlaydilar.

Imom Buxoriy, Muslim va Ahmad rahmatullohi alayhimlar Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladilarki, Paygʻambarimiz alayhissalom bir kuni gʻalulni zikr qildilar, uni katta gunoh deb tushuntirdilar va soʻngra shunday dedilar:

«Sizlardan birortangizni qiyomat kuni huzurimga yelkasida boʻkirib turgan tuya bilan kelganini koʻrmayin; «Ey, Allohning Rasuli, menga yordam bering», desa, «Senga Allohdan kelgan azobdan hech narsani qaytara olmayman, senga yetkazgan edim-ku!» demayin. Sizlardan birortangizni qiyomat kuni huzurimga yelkasida kishnab turgan otni koʻtarib kelganini koʻrmayin; «Ey, Allohning Rasuli, menga yordam bering», desa, «Senga Allohdan kelgan azobdan hech narsani qaytara olmayman, senga yetkazgan edim-ku!» demayin. Sizlardan birortangiz qiyomat kuni huzurimga yelkasida tilla, kumush koʻtarib kelganini koʻrmayin; «Ey, Allohning Rasuli, menga yordam bering», desa, «Senga Allohdan kelgan azobdan hech narsani qaytara olmayman, senga Allohning amrini yetkazgan edim-ku!» demayin».

«Soʻngra, har bir jon kasbiga yarasha toʻliq oladir. Ularga zulm qilinmas».

Yaʼni, har bir insonga bu dunyoda qilganiga yarasha–oshirmay va kamaytirmay, adolat bilan, zulm qilmasdan, mukofot yoki jazosi beriladi.

Ushbu oyati karimadagi maʼnoni tasdiqlovchi koʻplab hadisi shariflar ham kelgan.

Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayhi qilgan rivoyatda Paygʻambar alayhissalom «Allohning huzuridagi eng katta gʻalullardan biri–bir qarich yerdir. Yeri yoki hovlisi qoʻshni boʻlgan bir odam ikkinchisining yeridan agar oʻziga qoʻshib olsa, qiyomat kuni yetti qavat yerdan boʻyniga oʻralgan holda keladi», dedilar.

Imom Buxoriy, Muslim va Ahmad rahmatullohi alayhimlar Abu Humayd as-Soʼidiydan rivoyat qiladilar:

«Paygʻambar alayhissolatu vassalom Azd qabilasidan boʻlmish Ibn Lutobiyya ismli kishini zakot, sadaqalarni yigʻishga tayin qildilar. U qaytib kelganda, «Manavi sizlarga, manavi menga hadya qilindi»,–dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam minbarga chiqib:

«Bizning omilimizga nima boʻldiki, manavi sizlarga, manavi menga hadya qilindi, deydi?! Otasining va onasining uyida kutib oʻtirsa, unga hadya qilinarmidi yoki yoʻqmi?! Muhammadning joni qoʻlida boʻlgan Zot bilan qasamki, sizdan kimki shunga oʻxshash narsa olsa, albatta, qiyomat kuni boʻyniga osilib kelmay qolmaydi. Tuya boʻlsa, boʻkirib keladi. Sigir boʻlsa, boʻkirib keladi. Qoʻy boʻlsa, maʼrab keladi. –Soʻngra, qoʻllarini baland koʻtargan edilar, qoʻltiqlari koʻrindi. –Ey bor Xudoyo!!! Yetkazdimmi?!»–deb uch marta aytdilar.

Imom Termiziy Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar:

«Rasululloh sollalohu alayhi vasallam meni Yamanga ishga joʻnatdilar. Bir qadar yurganimdan soʻng orqamdan odam yubordilar, qaytib keldim. U zot: «Nima uchun orqangdan odam yuborganimni bilasanmi? Mening iznimsiz hech narsani olmaysan. Chunki, bu gʻaluldir. «Kimki xiyonat qilsa, qiyomat kuni xiyonat qilib olgan narsasi bilan keladi»,–dedilar».

Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan hadisda Rasululloh:

«Ey odamlar, kimni bir ishga tayin qilsag-u, u bizdan bir igna yoki undan kattaroq narsani berkitsa, shu ham gʻulul hisoblanadi, qiyomat kuni u bilan keladi»,–dedilar. Ansoriylardan bir qari odam (Mujohid roziyallohu anhuning aytishlaricha, u kishi Saʼd ibn Uboda roziyallohu anhu ekanlar) oʻrnidan turib:

«Ey, Allohning Rasuli, mendan ishingizni qabul qilib oling», –dedi.

U zot: «Nima uchun?»–deb soʻradilar.

U: «Shunday-shunday deyayotganingizni eshitdim»,–dedi.

U zot: «Men bu gapni hozir yana aytaman, kimni bir ishga qoʻysak, ozniyam, koʻpniyam olib kelsin. Unga nima berilsa, oladi. Berilmasa, qoladi»,–dedilar.

Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayhi Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar:

«Xaybar gʻazoti kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bir toʻp sahobalari shahidlarning qatorida bir kishining nomini aytib:

«Falonchi ham shahid boʻldi»,–dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Yoʻq, men uni doʻzaxda oʻljadan yashirib olgan choponini kiyib yurganini koʻrdim»,–dedilar. Soʻngra, menga: «Bor, odamlar ichida «Jannatga moʻminlardan boshqalar kirmaydi, deb jar chaqir», dedilar. Men chiqib, jannatga moʻminlardan boshqalar kirmaydi», deb jar chaqirdim», dedilar.

Imom Abu Dovud Sijistoniy Samura ibn Jundab roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning odatlari–oʻlja tushganda Bilolga amr qilar edilar. U odamlarni chaqirar edi. Hamma olgan oʻljasini olib kelar, keyin taqsimlardilar. Bir kuni bir kishi tushdan keyin bir jun jilovni olib keldi va:

«Ey, Allohning Rasuli, mana bu qoʻlga tushgan oʻljalardan edi»,– dedi.

U zot: «Bilolning uch marta nido qilganini eshitdingmi?!»– dedilar.

U: «Ha»,–dedi.

U zot: «Nimaga kelmading?»–deb soʻradilar. U odam uzr aytdi.

U zot: «Yoʻq, men uni sendan zinhor qabul qilmayman, qiyomat kuni shu bilan kelasan»,–dedilar».

Ushbu oyat va hadislar musulmonlarni dunyoda eng pok va xiyonat qilmaydigan kishilar qilib tarbiyaladi. Islom ummati ichidan bir dona ignaga ham xiyonat qilmaydigan, xiyonatni oʻziga katta or deb hisoblaydigan kishilar tarbiyalanib chiqdilar. Shuningdek, ular dunyodagi eng qimmatbaho narsalar qoʻllariga tushganda, hech kim koʻrmasa ham, Allohdan qoʻrqqanlaridan, u narsani keltirib, amirlariga topshirar edilar. Bu quruq gap emas. Balki, bu–tarix shohid boʻlgan, katta-kichik, doʻstu dushman guvoh boʻlgan haqiqatdir.

Ibn Jarir Tobariy oʻz tarixlarida keltiradilarki, musulmonlar Madoin shahrini fath qilganlarida, oʻljalarni yigʻdilar. Bir kishi oʻzining haqini olib kelib, oʻlja yigʻuvchiga topshirdi. Oʻlja yigʻuvchi ham, u bilan birga turganlar ham hayron qolib:

«Bizdagi jami narsani jamlasa, bunga teng kelmaydi, hatto yaqin ham yoʻlamaydi»,–dedilar. Haligi kishidan:

«Bundan oʻzingga ham oldingmi?»–deb soʻradilar. U kishi:

«Allohga qasamki, Allohdan qoʻrqmaganimda, buni sizlarga olib kelmas edim»,–dedi. Bu odamda katta xislat borligini bildilar va undan:

«Sen kimsan?»–deb soʻradilar. U:

«Yoʻq, Allohga qasamki, aytmayman, maqtaysizlar; boshqalarga ham aytmayman, qarz qilib qoʻyadilar»,–dedi (yaʼni, maqtovlari bilan). «Lekin men Allohga hamd aytaman va Uning savobidan roziman»,–dedi. Uning orqasidan odam yuborishdi. Birga yurgan sheriklaridan soʻrashsa, u Omir ibn Abdu Qays ekan.

Qodisiya urushi tamom boʻlganidan soʻng hazrati Umar roziyallohu anhu huzurlariga oʻljalarni olib keldilar. Oʻljalar ichida Kisroning toji va ayvoni ham boʻlib, ularning bahosi yoʻq edi. Hazrati Umar buni koʻrgach mujohidlarga havaslari kelib: «Buni amirlariga olib kelgan qavm omonatli kishilardir»,–dedilar.

Omonatli, Alloh taoloning roziligini koʻzlagan kishilarning sifatidan keyin, endi keladigan oyatda ular bilan Alloh taoloning gʻazabiga duchor boʻlganlar teng boʻlmasligi bayon etilmoqda.